Mehnat unumdorligi deb ishchi kuchining vaqt birligi mobaynida mahsulot yaratish qobiliyatiga aytiladi va ishlab chiqarilganmahsulotning (iste’mol qiymatining) sarflangan mehnat miqdoriga nisbati bilan belgilanadi.
Asosiy tayanch tushunchalar
Ishlab chiqarish jarayoni - kishilik jamiyatining amal qilishiva rivojlanishi uchunzarur bo‘lgan moddiy va ma’naviy ne’matlami
yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq faoliyat.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish - jamiyat miqyosida ishlab
chiqarish jarayonlarining muntazam ravishda yangilanib va takroran
amalgaoshirilibturishi.
Oddiy takror ishlab chiqarish - ishlab chiqarish miqyoslarining
o‘zgarmaganholdatakrorlanishi.
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish-ishlab chiqarish
miqyoslarini muntazam ravishda oshirib borishga asoslangan holdagi
takrorlanishi.
Ishlab chiqarishning umumiy natijasi - mamlakat bo‘yicha
Yaratilgan milliy mahsulotnin gyildavomidagi yig‘indisi.
Ishlab chiqarishning pirovard natijasi - ishlab chiqarish sohasidagi o‘z harakatini tugatgan,jamiyata’zolarining ehtiyojlarini yo
bevosita (iste’mol fondi orqali), yoki bilvosita, ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish (jamg‘arish fondi) orqali qondirishga tayyor mahsulot.
Sof mahsulot - Yaratilgan mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab
chiqarish vositalari qiymati chegirib tashlangandan qolgan qismi.
Zaruriy mahsulot - ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi
bo‘lgan zaruriy ish vaqtida zaruriy mehnat bilan Yaratilgan, ishchi
kuchini normal holatda saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan
mahsulot.
Qo‘shimcha mahsulot - sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan
ortiqcha qismi, ya’ni qo‘shimcha ish vaqtida qo‘shimcha mehnat bilan Yaratilgan mahsulot.
Do'stlaringiz bilan baham: |