O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Nazariy fikrlar va amaliy tajribalami


Download 0.5 Mb.
bet63/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

2Nazariy fikrlar va amaliy tajribalami
Mana shu yuqoridagi aytilgan nazariy fikrlar va amaliy tajribalami hamda hozirgi davrda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar talablarini hisobga olib, Yaratilgan mahsulotni taqsimlashning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini ko‘rsatishga harakat qilamiz:
a) umuman olganda mahsulotni, binobarin daromadlami taqsimlash ham doim bir xil bo‘lmay, balki shu davrda amal qilib turgan iqtisodiy munosabatlar tizimiga, jumladan mulkchilik munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoitlari, ya’ni kapitalga mulkchilikning turli shakllari, yerga esa davlat mulki
mavjud bo‘lgan sharoitda Yaratilgan milliy mahsulot mulk egalari (davlat, jamoa, xususiy, shaxsiy) va ishchi kuchining egasi bo‘lgan ishchi-xizmatchilar o‘rtasida taqsimlanadi. Bunda daromadlaming bir qismi albatta umumjamiyat umumdavlat manfaatlarini ko‘zlab ish olib boruvchi davlat ixtiyoriga kelib tushadi;
b) milliy mahsulotdan eng awalo shu mahsulotni yaratishda qatnashgan ishlab chiqarish vositalarining qiymati, aniqrog‘i, takror ishlab chiqarishni o‘z maromida olib borish uchun amortizatsiya va sarflangan boshqa moddiy vositalar summasi ajratib qo‘yiladi, chunki bu summa asosiy ishlab chiqarish vositalarini (asosiy kapitalni) qayta tiklash uchun zarurdir;
v) undan keyin turli xil tabiiy ofat va favqulodda hodisalaming ta’sirini bartaraf qilish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni bir maromda to‘xtovsiz amalga oshirishni kafolatlash uchun sug‘urta fondlari, qariyalar, bolalar, nogironlar va turli boshqa kam ta’minlanganoilalami himoya qilish uchun nafaqa hamda ijtimoiy himoya fondlariga ajratiladi;
g) davlatni boshqarish, mamlakat mudofaasini mustahkamlash, aholining tinch hayotini va mehnatini qo‘riqlash, mamlakat miqyosida fan-madaniyatni, taiim tizimini, sogiiqni saqlashni rivojlantirish uchun fondlar ajratiladi (bu ajratmalar ko‘pdan-ko‘p davlat soliqlari tarzida amalga oshirilib, davlat byudjetiga tushuriladi va u yerda qayta taqsimlanib turli yo‘nalishlar xarajatiga yo‘naltiriladi).
Yalpi ichki mahsulotning yuqorida aytilganlardan qolgan qismi hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitida kapital, yer egalari va ishchi kuchi egalari o'rtasida belgilangan tartib qoidalar asosida taqsimlanadi va jamiyat a’zolarining ixtiyoriga kelib tushadi. Chunki bu jarayon natijasida ishlab chiqarishda qatnashgan ishchi kuchi egasi va boshqa omillar egalari - mulkdorlaming mahsulotdagi ulushi aniqlanadi hamda ulaming omilli daromadlari sifatida shakllanadi. Bu ish haqi, foiz, renta va foyda shaklidagi daromad turlari ko‘rinishini oladi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling