O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


Download 0.5 Mb.
bet66/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

Asosiy tayanch tushunchalar
Ish haqi - ishchi va xizmatchilar mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasi.
Vaqtbay ish haqi - ishchining ishlagan vaqti (kun, hafta, oy) hisobga olinib toianadigan ish haqi.
Ishbay ish haqi - ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yoki bajarilgan ish hajmiga qarab to‘lanadigan ish haqi.
Nominal ish haqi - pul shaklida olingan ish haqi summasi.
Real ish haqi - nominal ish haqi summasiga sotib olish mumkin bo‘lgan tovarlar va xizmatlar miqdori yoki nominal ish haqining sotib olish layoqati.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1. Ish haqi bilan zaruriy mahsulot o‘rtasida qanday aloqadorlik mavjud?
2. Ish haqining turlicha nazariyalarini tahlil qilib, ularga o‘z qa-
rashingizni bildiring.
3. Real ish haqi darajasi qanday omillar ta’siri ostida o‘zgaradi?
4. Nima uchun ish haqining umumiy darajasi har xil mamlakatlarda turlicha?
22- MAVZU. ISH HAQINI TIZIMLARI
REJA.
1.Ish haqini tashkil etish shakllari
1.Ish haqi tizimlari


1.Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari

Ishlab chiqarishning texnik asoslari, ishchilar mehnatining mazmuni, ularga bilim berish va kasb-hunarga o‘rgatish borasidagi o‘zgarishlar munosabati bilan ish haqi shakli va tizimlari ham o‘zgarib boradi. Ish haqini tashkil etishda uning ikkita asosiy shakli vaqtbay va ishbay shakllari farqlanadi.


Vaqtbay ish haqi xodimning malakasi, mehnatining sifati va ishlagan vaqtiga qarab tolanadigan ish haqidir. U odatda mehnatning natijalarini miqdoran aniq hisoblab bo‘lmaydigan, balki ular muayyan vazifalar doirasini bajarish bilan belgilanadigan vaqtda (masalan, injener-texnik xodimlar va xizmatchilar, sozlovchilar, elektromontyorlar va shu kabilarga haq to‘lashda) yoki mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonining borishi bilan belgilanadigan va bevosita ishchiga bog‘liq bo‘lmagan p ay t lard a (masalan, konveyyerlar va avtomat liniyalarida ishlash) qo‘llaniladi. Ishbay ish haqi ishchining ishlab chiqargan mahsulot miqdori va sifati yoki bajargan ishining hajmiga qarab to‘lanadigan ish haqidir. Mahsulot birligi uchun to‘lanadigan ish haqi miqdori tarif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish me’yoriga taqsimlash yoii bilan aniqlanadi.
Ish haqi tizimi o‘z ichiga haq to‘lash shakllarining aniq mehnat sharoitlarini hisobga oladigan turlari majmuini oladi. Jumladan:
- to‘g‘ri ishbay haq toiash tizimi;
- ishbay-mukofotli haq to‘lash tizimi;
- ishbay-progressiv haq to‘lash tizimi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling