O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi samarqand «ipak yo’LI»


To‘g‘ri ishbay haq toiash tizimida


Download 0.5 Mb.
bet67/110
Sana22.03.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1286339
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   110
Bog'liq
ИКТ. НАЗАРИЯ МАЬРУЗА2022

To‘g‘ri ishbay haq toiash tizimida ishlab chiqarish me’yori qay darajada bajarilishidan qat’iy nazar, ish haqi yagona mahsulot birligi uchun belgilangan tarif bo‘yicha toianadi. Ishbay-kofotli haq to‘lash tizimi bir qancha ko‘rsatkichlar, masalan, reja topshirig‘idan ortiqcha hajmda ishlab chiqarilganligi, yuqori sifat darajasi ta’minlanganligi va boshqalar uchun mukofot berishni nazarda
tutadi. Ishbay-progressiv haq toiash tizimida ishchining belgilab qo‘yilgan me’yor doirasida ishlab chiqargan mahsulotiga uning birligi uchun belgilangan tarif bo‘yicha ish haqi beriladi, me’yordan yuqori-siga esa oshirilgan haq (tarif) bo‘yicha pul to‘lanadi. Ishbay ish haqi tizimida yakka tartibdagi, jamoa va ijara pudratida qoilaniladigan mehnatga haq toiash farqlanadi. Bunda olingan tayyor mahsulot uchun uning sifati va ishlab chiqarish chiqimlarini hisobga olib haq toianadi. Haq toiashning jamoa shaklida ish haqi brigada, sex va boshqa boiinmaning pirovard mehnat natijalariga bogiiq qilib qo‘yiladi. Bunda har bir xodim faqat o‘ziga berilgan shaxsiy top-shiriqlargagina emas, balki shu bilan birga boiinmaning butun ish hajmini ham bajarishdan manfaatdor boiadi.
Ishchilaming ish haqini tabaqalashtirish eng awalo davlat tarif tizimi yordamida amalga oshiriladi.
2.Ish haqi tizimlari


Tarif tizimi - tarmoqlar va mamlakat mintaqasi bo‘yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga qarab ishchi va xizmatchilarning ish haqi darajasini tartibga solib turuvchi me’yorlar majmui.
Tarif tizimi quyidagilami o‘z ichiga oladi:
- tarif-malaka maiumotnomalari;
- tarif stavkalari;
- tarif setkalari;
- ish haqiga nisbatan qoilaniluvchi turli koeffitsientlar.
Tarif-malaka ma’lumotnomalari ayrim kasblar va mehnat tur-
larining batafsil tavsifi, u yoki bu aniq ishni bajaruvchining bilim va
ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablardan iborat boiib, ularda muay-
yan ishni tariflash uchun qo'yiladigan razryadlar ham ko‘rsatiladi.
Tarif setkasida razryadlardan tashqari tarif koeffitsientlari ham bo‘lib, ular birinchi razryadli ishchiga haq to‘lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq to‘lashning o‘zaro nisbatini ko‘rsatadi (birinchi razryadning tarif koeffitsienti hamma vaqt birga teng boiadi).
Tarif stavkalari tegishli razryadga ega bo‘lgan ishchining mehnatiga to‘lanadigan haq miqdorini belgilab beradi.Mehnat qilish sharoiti og‘ir va zararli bo‘lgan ishchilarga tarif stavkasiga qo‘shimcha haqlar belgilanadi.
Tarif stavkalariga ustamalar shaklidagi haq (razryadlar bo‘yicha farqlantirilgan) kasbiy mahorat uchun belgilanadi.
Alohida tarmoqning iqtisodiyotdagi ahamiyatiga qarab amalda ish haqini va mansab maoshlarini farqlantirish ishlari amalga oshiriladi. Bunda mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan yetakchi tarmoqlarga tajribali, malakali kadrlami jalb etish, bu tarmoqlarda ishchi va xizmatchilar tarkibi barqaror bo‘lishini ta’minlaydigan sharoitlami vujudga keltirish maqsadi ko‘zlanadi.
O‘zbekistonda 1 sentyabrdan ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori oshirildi.
1 sentyabrdan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshirildi.
Unga ko‘ra:
— mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 822 000 so‘m;
— bazaviy hisoblash miqdori – oyiga 270 000 so‘m;
— pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 289 000 so‘m;
— yoshga doir eng kam pensiyalar – oyiga 565 000 so‘m;
— bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – oyiga 622 000 so‘m;
— zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 440 000 so‘m;
— ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – oyiga 440 000 so‘m;
— belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 623 000 so‘mgacha, pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori – oyiga 623 000 so‘m etib belgilandi.



Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling