158
XV BOB. O‘RMON XO‘JALIKLARIDA MOLIYAVIY HISOBOTLAR,
ULARNI TUZISH, TASDIQLASH HAMDA TAQDIM QILISH TARTIBI
Mavzuning maqsadi: o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlarida buxgalteriya
hisobotlarining asosiy shakllari va ko‘rsatkichlari, Budjet tashkilotlari
korxonalarining umumiqtisodiy va moliyaviy holatini baholashda balans
ma’lumotlaridan foydalanish, hisob va hisobotni tashkil etishni takomillashtirishga
oid normativ-huquqiy hujjatlar, hisobotlarni tuzish, tasdiqlash va taqdim qilish
muddatlari hamda uni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar, yillik
hisobotni tuzishga tayyorgarlik ishlari, buxgalteriya hisobotining tarkibi,
buxgalteriya balansi (1-shakl), Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-
shakl), debitorlik va kreditorlik qarzlar to‘g‘risida ma’lumot, Budjet tashkilotini
rivojlantirish jamg‘armasi bo‘yicha pul mablag‘lari harakati to‘g‘risida hisobot,,
Boshqa Budjetdan tashqari mablag‘lar harakati bo‘yicha hisobot, Joriy yilning
moliyaviy natijalari to‘g‘risida hisobot, Nomoliyaviy aktivlarning harakati
to‘g‘risida hisobotlarni to‘ldirish hamda taqdim etish tartibi bo‘yicha tasavvur va
bilimga ega bo‘lish, ko‘nikma va malaka shakllantirish
Tayanch tushunchalar va iboralar:
Moliyaviy hisobotlarni tuzishga qo‘yiladigan asosiy shartlar:
-
hisobot davridagi barcha operatsiyalar hamda pul mablag‘lari, asosiy
vositalar, moddiy boyliklarning inventarizatsiya
qilinishi va hisob-kitoblar
natijalarining to‘liq aks ettirilishi;
-
analitik hisob ma’lumotlarining hisobot davrining birinchi sanasiga jami
sintetik hisob yuritish hisobvaraqlari bo‘yicha aylanmalar va qoldiqlar bilan bir xil
bo‘lishi, shuningdek moliyaviy hisobotlar ma’lumotlarining
sintetik va analitik
hisob ma’lumotlariga mosligi;
-
moliyaviy hisobotlardagi tegishli yozuvlarni qayd etish uchun belgilangan
tartibda rasmiylashtirilgan boshlang‘ich hujjatlarning asos bo‘lib xizmat qilishi.
159
O‘zbekiston Respublikasining respublika Budjetida turadigan tashkilotlar
moliyaviy hisobotlarni O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining tegishli
buyruqlariga muvofiq o‘rnatilgan muddatlarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligiga taqdim etadilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar, Toshkent shahar va tuman
(shahar)lar Budjetlarida turadigan tashkilotlar moliyaviy hisobotlarni tegishli
vazirlik va idoralarga, hokimliklar boshqarmalariga (bo‘limlariga) ular tomonidan
belgilangan, lekin qonunchilik bilan o‘rnatilgan muddatlardan kech bo‘lmagan
muddatlarda taqdim etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: