90
VIII BOB. O‘RMON XO‘JALIKLARIDA TOVAR (ISH, XIZMAT)LAR
ISHLAB CHIQARISH XARAJATLARI HISOBI
Mavzuning maqsadi: o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlarida ishlab chiqarish
hisobini joriy etish, hisobot davrida ishlab chiqarilgan mahsulotlar turlari va
ularning harakatini hisobga olish, tayyor mahsulotlar hisobini dastlabki
hujjatlashtirish, mahsulot (ish, xizmat)larning ishlab chiqarish tannarxi va
realizatsiya tannarxini aniqlash usullari, mahsulotlar haqiqiy tannarxini aniqlash
usullari va baholash, mahsulotlarni sotish xarajatlari, tayyor mahsulotlar
schotlarining tavsifi va boshqa schotlar bilan aloqasi, tayyor mahsulotlar
inventarizatsiyasi bo‘yicha tasavvur va bilimga ega bo‘lish, ko‘nikma va malaka
shakllantirish
Tayanch tushunchalar va iboralar:
Bevosita xarajatlar - alohida turdagi tovar-moddiy zaxiralarni ishlab
chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish va ishlar bajarish) jarayoni bilan bevosita bog‘liq
bo‘lgan hamda ularning birligi tannarxiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
kiritiladigan ishlab
chiqarish xarajatlari tushuniladi.
Bilvosita xarajatlar - bir necha turdagi tovar-moddiy zaxiralarni ishlab
chiqarish (xizmatlar ko‘rsatish va ishlar bajarish) jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan
ishlab
chiqarish xarajatlari, ular muayyan tovar-moddiy zaxiralar birliklari
tannarxiga bevosita kiritilmaydi, buning oqibatida ular xarajatlar ob’ektlari va
ularning birliklari tannarxi o‘rtasida hisob-kitob yo‘li
bilan taqsimlanadigan
xarajatlar tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: