O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi toshkent davlat agrar universiteti


  I BOB. BUXGALTERIYA HISOBINING MOHIYATI, PREDMETI VA


Download 3.2 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/164
Sana05.09.2023
Hajmi3.2 Mb.
#1673159
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   164
Bog'liq
Бухгалтерия ҳисоби ва солиққа тортиш Ўрмон1

 


25 
I BOB. BUXGALTERIYA HISOBINING MOHIYATI, PREDMETI VA 
METODI 
 
Mavzuning maqsadi: buxgalteriya hisobining vujudga kelishi va rivojlanish 
bosqichlari, buxgalteriya hisobining mazmuni va maqsadi, buxgalteriya hisobi 
predmeti va ob’ekti, buxgalteriya hisobi funksiyalari, buxgalteriya hisobining 
metodlari va ularning tavsifi, budjet tashkilotlari schotlar haqida tushuncha
ularning operatsiyalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni guruhlash, umumlashtirish va 
nazorat qilish, schotlarning tuzilishi: debet, kredit, aylanma va qoldiq (saldo), 
aktiv va passiv schotlar, ularning tarkibi, schotlarga ikki yoqlama yozuvning 
mohiyati, uning nazorat funksiyasi, schotlar aloqasi va uning turlari haqida 
tasavvur, bilim, ko‘nikma va malaka shakllantirish 
Tayanch tushunchalar va iboralar: 
 
«Buxgalter» (nemischa buch-kitob, halter-tutmoq, saqlamoq) so‘zi esa ilk 
marotaba Germaniyada, 1498 yil Luka Pacholining asari nashr etilgandan 4 yil 
o‘tgach paydo bo‘ldi. Imperator Maksimilian I ning farmonida shu so‘z 
qo‘llanilgan edi.
Hisob – bu korxona xo‘jalik faoliyatida yuz beradigan ayrim hodisalarni 
kuzatish, o‘lchash va ro‘yxat qilish uning faoliyatini miqdorlarda aks ettirishdan 
iborat. 
Hisobning asosiy vazifalari quyidagilar:
- korxona, tashkilot va muassasalarning xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan 
jarayonlarni kuzatib borish;
- kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni miqdor ko‘rsatkichlarda 
ifodalash;
- korxona, tashkilot va muassasalar xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan 
jarayonlarni hujjatlarda aks ettirish;
- maxsus hujjatlarda qayd qilingan xo‘jalik operatsiyalarini umumlashtirish 
va guruhlash;


26 
- korxona, tashkilot va muassasalar xo‘jalik faoliyati ustidan uzluksiz 
nazorat olib borish va unga ta’sir etish. 

Download 3.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling