O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi o`zbekiston tarixi


Download 1.98 Mb.
bet66/90
Sana28.10.2021
Hajmi1.98 Mb.
#169435
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   90
Bog'liq
d. Alimova

"18 lar guruhi" 1925-yil 19-noyabrda Samarqandda chaqirilgan O’zbekiston KP (b) MQning plenumi yig`illshi bir kim emas, to’rt kun davom etadi. Buning asosiy sabab, respublikadagi yuqori ma'suliyatli vazifalarni egallab turgan 18 shaxsning o’z lavozimlaridan ketishi haqidagi arizasi bo’ldi. Ular o’z iste'folari sababini xususiy mulkni yo’qotish hisobiga o`tkazilgan yer-suv islohoti usullariga norozilik sifatida izohlashadi. Shuningdek, "18 lar guruhi" ni eski xodimlarga noto’g’ri munosabatda bo’linayotgani, rahbarlarni tanlash faqat sinfiy nuqtai nazardan amalga oshirilayotgani qoniqtirmaydi. Bayonotga imzo chekkanlar orasida L.Xidiraliyev, M.Saidjonov, R.Rafiqov kabi milliy rahbarlar ham bor edi.

"181ar" bilan RKP (b) MQ O’rta Osiyo byurosi raisi L.Zelenskiy yig`ilish o`tkazgandan so`ng, guruhning 8 a'zosi o’z "xatolarini tan olib, jmzolaridan voz kechadilar. Boshqa 10 ta shaxs O’rta Osiyo byurosida bayonotlarini ko`rib chiqishlarini talab qiladilar.

"18 lar bayonoti" o’z KP (b) MQ II-qurultoyida muhokama etilib, ushbu masala bo`yicha qaror qabul qilinadi va unda: "18 lar bayonoti" o’z KP(b) MQ ga qarshi yo`naltirilgan fraksiya va guruhbozlik xarakterida bo`lib, partiya saflari birdamligini buzishga, partiya qurultoyiga to`sqinlik qilishga qaratilgan hamda shaxsiy norozilik, mayda burjua kayfiyatini aks ettiruvchi ariza deb ta'kidlanadi.

Shundan so`ng, "18 lar bayonoti" tashabbuskorlari va tashkilotchilarini aniqlash, ularni qafiy partiya javobgarligiga tortish vazifalari qo`yiladi. Hamma joylarda "18 lar bayonoti" ning keng muhokamasi avj oldiriladi va uni yer-suv islohotini barbod qilish xavfi bor va yangi hayotga qarshi bo’Igan mayda burjuaziya va ruhoniylarga yon beruvchi bayonot deb soxtalashtiriladi.



Partiyaning II-qurultoyidan keyin bo`lib o`tgan plenumda partiya oldida o’z "aybi" ga iqror bo`lmaganlarni egallab turgan lavozimlaridan chetlashtirishga qaror qildi. Xususan, R.Rafiqov-ichki ishlar xalq komissarligidan, M.Saidjonov-Zarafshon viloyat ijroiya qo`mitasi kotibligidan, LXidiraliyev-O’zbekiston yer ishlari xalq komissari vazifasidan ozod etiladilar.

Yer-suv islohotini o`tkazish davrida "18 lar guruhi" ushbu jarayon va MQ ga qarshi faoliyat yuritishda ayblanishgan bo`lsa, oradan ikki yil o`tgach esa, O’rta Osiyo byurosining plenumida (1927 yil oktyabr) ularga boy-quloqlarning manfaatini himoya qilgan, yer-suv islohoti hamda ayollarning ozodlikka chiqishiga qarshi bo’lgan, savdogar va hunarmandlardan olinadigan soliqlarni kamaytirish va davlat apparatini milliylashtirish tarafdori bo’Igan degan, soxta aybnomalar qo`yiladi.

Ko`rinib turganidek, mustabid tuzumga, mutlaq xukmron -kommunistik partiyaning siyosati va g`oyalariga qarshi bо`lgan har qanday chiqishlarga darhol chek qo`yilgan.


Download 1.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling