15
ularni
umumlashtirish usullari, asosiy xulosalarini qisqacha yoritib beradi. So‘ngra
taqrizda ko‘rsatilgan kamchiliklar bo‘yicha hamda ish yuzasidan qo‘shimcha savol-
javoblar asosida talabaning bilimlari tekshiriladi va himoya natijasiga ko‘ra
kurs ishi
baholanadi. Kurs ishini baholash talabalar bilimini reyting tizimi asosida baholash
tartibiga ko‘ra ballarda amalga oshiriladi.
Kurs ishining natijasi fakultet dekanati tomonidan
taqdim etilgan qaydnoma
varaqasiga tegishli tartibda qayd etiladi va Komissiya a’zolari imzolari bilan
rasmiylashtiriladi.
Baholash tartibi va mezonlari
Talabalarning kurs ishi bo‘yicha
bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalari
darajasi, ular bilimini nazorat qilish hamda baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi
Nizom qoidalari asosida ballarda ifodalanadi.
talaba mustaqil
xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi,
mustaqil
mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning)
mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha
tasavvurga ega deb topilganda — 86-100 ball;
talaba
mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi,
fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi,
ifodalay oladi, aytib beradi hamda
fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda — 71-85 ball;
talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning)
mohiyatni
tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga
ega deb topilganda — 55-70 ball;
talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini
tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda — 54
va undan past ball bilan baholanadi.
Kurs ishi bo‘yicha qoniqarsiz ball bilan baholangan
talaba akademik qarzdor
talaba hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: