7
tashkiliy-huquqiy asoslarini, izlanish ob’ektidagi
amaliyot holati tahlilini,
izlanish
uchun
asos
qilib
tanlangan
muayyan
ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish yo‘llarini
qamrab olishi kerak.
Kurs ishinig mazmuni va hajmiga ma’lum chegaralar qo‘yilgan, ya’ni
kurs ishi 3 – 3,5 ming so‘z birligi, yoki 35-40 varaq hajmida bajarilishi kerak,
shunday ekan, rejada ham shu hajm doirasida yoritib berish mumkin bo‘lgan
savollar qo‘yilishi maqsadga muvofiq.
Xulosa qilib aytganda, talabaning qiziqishlaridan,
fikrlash doirasining
kengligidan, to‘plangan adabiyotlar va amaliy ma’lumotlarning ko‘lamidan,
talabaning ilmiy izlanishlarga bo‘lgan layoqatidan kelib chiqqan holda, kurs
ishi rejalari turli-tuman,
cheklanmagan variantlarda, ixtiyoriy talqinda bo‘lishi
mumkin. Muhimi, ishlab chiqilgan reja tanlangan kurs ishining mazmun-
mohiyatini, maqsad va vazifalarini ochib berishi, o‘rganilgan muammo yuzasidan
mustaqil
xulosalarni
shakllantirishga
xizmat
qilishi
kerak.
Ushbu
Ko‘rsatmalardan foydalanuvchilarga amaliy yordam sifatida bir necha mavzu
bo‘yicha tuzilgan kurs ishi rejalari namunalari qo‘llanmaning 4-ilovada
keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: