qorishiq holda paydo bo’lgan.Ayniqsa bu aloqa tarix,tilshunoslik,estetika va
nihoyat,falsafa fanlari bilan mustahkam aloqada.
Adabiyotshunoslikning bu fan sohalari bilan qattiq aloqasi ularning ob’ekti
bo’lgan adabiyotning ba’zi xususiyatlari bilan ham tayin etladi.
Professor
I.O.Sultonov yozganidek,birinchidan,adabiyot-jamiyat tarixini va uning ongini aks
ettirar ekan,shu tarixning umumiy qonunlariga bo’ysunishi tabiiydir.Tarixning
umumiy qonunlari adabiyot rivojining ham umumiy qonunlaridir.Shunga
ko’ra,adabiyotshunoslik tarix fani bilan uzviy aloqada kamol topadi.
Ikkinchidan,jamiyat ongini va tarixini adabiyot til orqali aks ettiradi va
shakllantiradi.
Uchinchidan,adabiyot-san’atning bir turidir. “Estetika esa go’zallikning
qonunlarini
va shu jumladan,san’at asarlari yaratishning qonunlarini
o’rganadi.Adabiyotshunoslik bilan estetika faning
yutuqlari bir-birlari bilan
chambarchas bog’lanib ketgan holda har ikki boyishi,mukammallashishi mumkin..
Nihoyat,jamiyat ongining eng so’nggi,eng oily ko’rinishi” (I.V.Belinskiy)
bo’lgan adabiyotni yaxshi tushunishi va tushuntirishi uchun adabiyotshunoslik fani
bilan birgalikda
taraqqiy etishi,uning yutuqlariga asoslanishi lozim.
Adabiyotshunoslik falsafa faning yutuqlariga suyanadi,yangiliklarini sinchiklab
o’rganib boradi.
Adabiyotshunoslarning ishlari ham boshqa fanlarni boyitib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: