So’z boshi
Adabiyotshunoslik va uning tarkibiy qismlari haqida umumiy ma’lumot
beruvchi “Adabiyot nazariyasi” kirishdan tashqari to’rt bo’limdan tashkil topgan.
1-bo’lim “Badiiy adabiyot haqida ma’lumot” deb nomlangan. Bu bo’limda “Badiiy
obraz”, “Badiiy adabiyotda tipiklashtirish”, “Badiiy adabiyotning g’oyaviyligi”
o’rganiladi.Badiiy
adabiyotda dunyoqarash, g’oyaviylik,
xalqchillik,
milliylik va
umuminsoniylik haqida ham fikr yuritiladi.
II bo’lim “Badiiy asar haqida ma’lumot”
deb ataladi, bu bo’limda “Badiiy
asar mazmuni va shakli mutanosibligi”, “Badiiy asar mazmuni va g’oasi”, “Badiiy
asar syujeti va kompozitsiyasi”, “Badiiy asar tili” kabi mavzularni o’z ichiga oladi.
III bo’lim
filologiya fanlari doktori, professor T.Boboyevning
fikricha,
“Badiiy tasvir vositalari”,she’riy san’atlar “She’r tuzilishi”, “Barmoq tizimi”,
“Qofiya saboqlari”, “Poetik ko’chimlar”, “Poetik sintaksis” mavzularidan iborat.
Mazkur fanning IV bo’limi “Adabiy jarayon” deb yuritiladi.
Ushbu
bo’limda “Adabiy turlar va janrlar”, “Ijodiy metod,adabiy
oqimlar va yozuvchi
uslubi” mavzulari o’rganiladi.