O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti qishloq xo‘jalik mahsulotlari sifatini baholash
Download 197.26 Kb.
|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi q-www.fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16.1-rasm. МД-83 turdagi tarozi
NAZORAT SAVOLLARI:
1. Spektral tahlil usullari nima maqsadda qo‘llaniladi? 2. Spektral tahlil usullarining qanday turlari mavjud? 22-AMALIY MASHG‘ULOT INFRAQIZIL TAROZILI MD-83 TURDAGI NAMLIK ANALIZATORINING ISH TAMOYILINI O‘RGANISH Ishning maqsadi: MD–83 turdagi tarozili infraqizil namlik analizatori (keyinchalik analizator) qattiq va sochiluvchan moddalar ega bo‘lgan namlikning massaviy ulushini o‘lchaydi. Ulardan kimyo va oziq – ovqat sanoatida keng foydalaniladi. Quyida analizatorning tafsilotini keltiramiz. Analizatorlar yagona korpusda bajarilgan bo‘lib, tadqiq qilinadigan namunani qabul qiladigan platformaga ega. Ushbu platforma elektromagnit kuch asosida namuna massasini avtomatik muvozanatlaydigan tizimga tayanadi. Analizatorlar undan tashqari o‘lchov axborotiga ishlov beruvchi elektron sxema, raqamli indikatsiyali elektron displey va operator klaviaturasidan tashkil topgan. Qizdirgich, karbonli (uglevod – vodorodli) vakuumli kvars trubkalari to‘plamidan tashkil topgan bo‘lib ochiladigan qopqoqda bo‘lib qizdirish kamerasini tashkil etadi. Analizatorning umumiy ko‘rinishi 1–rasmda ko‘rsatilgan. Analizatorlarning ish tamoyili termografimetrik tahlilga asoslangan, bo‘lib bunda, namunaning massasi o‘lchanadi va berilgan operatorning rejimida namuna quritiladi, qoldiq massa o‘lchanadi, massaning nisbiy o‘zgarishi hisoblanadi. Displeyda namlikning massaviy ulushi yoki quruq qoldiqning massaviy ulushi bo‘yicha natijalar (foizlarda) ifodalanadi. 16.1-rasm. МД-83 turdagi tarozi Analizatorlar quyidagi qurilmalar va funksiyalar bilan ta’minlangan: Tashqi tosh yordamida vazn o‘lchovchi qurilma yustirovkalanishi; Namunani quritishning turli rejimlarini o‘rnatish (avtomatik, vaqt bo‘yicha, tezlashtirilgan, qadamli,) mumkinligi; Namuna massasini akslantirish rejimida operator komandasi bo‘yicha analizator ko‘rsatishini “0” ga o‘rnatish qurilmasi; Quritishning turli temperaturalarini o‘rnatish qurilmasi; O‘zini – o‘zi diagnostikalash; Namunaning turli xarakteristikalarini (namligi, massasi va b.q.) akslantirilishi. Analizatorlar ma’lumotlarni periferiya qurilmalari (masalan, shaxsiy kompyuter, printer)ga uzatish uchun aloqaning raqamli interfeysi bilan ta’minlangan. Qiyoslanganlik belgisi analizatorning ustki paneliga qo‘yiladi. Analizatorning dasturiy ta’minoti o‘rnatilgan bo‘lib, hisoblanadi va statsionar apparat qismida ma’lum dasturiy vositalar asosida foydalaniladi. Dasturiy ta’minotining modifikatsiyalanishi yoki alohida interfeys orqali yuklanishi, hamda boshqa turdagi vositalar yordamida himoya choralari qabul qilingandan so‘ng bo‘lishi mumkin emas. Ishlab chiqaruvchining maxsus qurilmalarni qo‘llamasidan dasturiy ta’minotni o‘zgartirib bo‘lmasligi, o‘lchash ma’lumotlari va sozlashlardan nosanksiyali foydalanishdan himoyalaydi. Foydalanuvchining interfeysi orqali dasturiy ta’minotga o‘zgartirish kiritib bo‘lmaydi. Download 197.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling