О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


Ilmiy-tadqiqot ishi davrida magistrant bajaradigan ishlar


Download 0.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana10.11.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1762605
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
илмий-тадқиқот иш кундалиги

Ilmiy-tadqiqot ishi davrida magistrant bajaradigan ishlar 
 
I semestrda magistrant ilmiy-tadqiqot ishlari mavzusini tanlash bо‘yicha 
mavjud adabiyotlar, kafedradagi mavzular banki bilan tanishadi va о‘zi uchun 
tadqiqot yо‘nalishini aniqlaydi. Ushbu yо‘nalishda magistrantga ilmiy rahbar 
(albatta, fan nomzodi, dotsent yoki fan doktori bо‘lishi shart) tayinlanadi. 
Magistrlik dissertatsiyasini bajarish uchun magistrant ilmiy rahbar bilan birgalikda 
ikki yillik ilmiy-tadqiqot ishlari rejasini tuzadi. Magistrantning ilmiy-tadqiqot ishi 
uning magistrlik dissertasiyasi ustida ishlash faoliyati bilan qо‘shilib, zaruriy 
eksperimental uslublarni tanlash, eksperiment olib borish kо‘nikmalarini 
shakllantirish, zaruriy adabiyotlar bilan ishlash va dissertatsiya mavzusi bо‘yicha 
mavjud reja asosida ilmiy ishlarni bajarishga kirishishdan iborat bо‘ladi. 
II semestrda Bu semestrda magistrantning ilmiy-tadqiqot ish faoliyati 20 
hafta davom etib (300 soat auditoriya + 158 soat mustaqil ta’lim =458) jami 458 
soat о‘quv yuklamasini bajaradi, uning faoliyati maksimal 100 ball bilan 
baholanadi (reyting bali 458 ballga nisbatan hisoblanadi) va magistrantning 
kundaligida qayd qilinib, qaydnoma ilmiy rahbar tomonidan rasmiylashtirilib 
magistratura bо‘limiga topshiriladi. 


III semestrda magistrant ilmiy-tadqiqot ishida mavzusi bо‘yicha tanlangan 
uslublarni sinab kо‘rish, ilmiy natijalarni olish, ilmiy rahbar bilan birgalikda 
olingan natijalarni tahlil qilish, adabiyotlardagi ma’lumotlar bilan taqqoslash 
ishlarini olib boradi va magistrlik dissertatsiyasi uchun zarur ma’lumotlarni 
tо‘playdi. Bu semestrda magistrantning ilmiy-tadqiqot ish faoliyati 20 hafta davom 
etib (320 soat auditoriya + 156 soat mustaqil ta’lim =476) jami 476 soat о‘quv 
yuklamasini bajarib, uning faoliyati maksimal 100 ball bilan baholanadi (reyting 
bali 476 ballga nisbatan hisoblanadi) va magistrantning kundaligida qayd qilinib, 
qaydnoma ilmiy rahbar tomonidan rasmiylashtirilib magistratura bо‘limiga 
topshiriladi. 
IV semestrda magistrant ilmiy-tadqiqot ishida dissertatsiya mavzusi 
bо‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirib, yakuniy natijalarini oladi, 
umumlashtiradi va taxlil qiladi. Dissertatsiya mavzusiga oid ilmiy-tadqiqot ishlari 
natijalarini umumlashtiradi va mavjud boshqa ma’lumotlar bilan taqqoslaydi. Ilmiy 
rahbar bilan birgalikda olingan natijalarni muhokama qiladi, maqolalarni chop 
qilish uchun tayyorlaydi va magistrlik dissertatsiyasi uchun zaruriy ilmiy 
natijalarni tо‘playdi va magistrlik dissertatsiya ishini dastlabki himoyaga 
tayyorlaydi. Magistrantning ilmiy-tadqiqot faoliyati bu semestrda 18 hafta davom 
etib (360 soat auditoriya + 158 soat mustaqil ta’lim =518) jami 518 soat о‘quv 
yuklamasini bajaradi, uning faoliyati maksimal 100 ball bilan baholanadi (reyting 
bali 518 ballga nisbatan hisoblanadi) va magistrantning kundaligida qayd qilinib, 
qaydnoma ilmiy rahbar tomonidan rasmiylashtirilib magistratura bо‘limiga 
topshiriladi. 

Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling