О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti
Ilmiy-tadqiqot ishi davrida magistrant bajaradigan ishlar
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
илмий-тадқиқот иш кундалиги
- Bu sahifa navigatsiya:
- II semestrda
- III semestrda
- IV semestrda
Ilmiy-tadqiqot ishi davrida magistrant bajaradigan ishlar
I semestrda magistrant ilmiy-tadqiqot ishlari mavzusini tanlash bо‘yicha mavjud adabiyotlar, kafedradagi mavzular banki bilan tanishadi va о‘zi uchun tadqiqot yо‘nalishini aniqlaydi. Ushbu yо‘nalishda magistrantga ilmiy rahbar (albatta, fan nomzodi, dotsent yoki fan doktori bо‘lishi shart) tayinlanadi. Magistrlik dissertatsiyasini bajarish uchun magistrant ilmiy rahbar bilan birgalikda ikki yillik ilmiy-tadqiqot ishlari rejasini tuzadi. Magistrantning ilmiy-tadqiqot ishi uning magistrlik dissertasiyasi ustida ishlash faoliyati bilan qо‘shilib, zaruriy eksperimental uslublarni tanlash, eksperiment olib borish kо‘nikmalarini shakllantirish, zaruriy adabiyotlar bilan ishlash va dissertatsiya mavzusi bо‘yicha mavjud reja asosida ilmiy ishlarni bajarishga kirishishdan iborat bо‘ladi. II semestrda Bu semestrda magistrantning ilmiy-tadqiqot ish faoliyati 20 hafta davom etib (300 soat auditoriya + 158 soat mustaqil ta’lim =458) jami 458 soat о‘quv yuklamasini bajaradi, uning faoliyati maksimal 100 ball bilan baholanadi (reyting bali 458 ballga nisbatan hisoblanadi) va magistrantning kundaligida qayd qilinib, qaydnoma ilmiy rahbar tomonidan rasmiylashtirilib magistratura bо‘limiga topshiriladi. III semestrda magistrant ilmiy-tadqiqot ishida mavzusi bо‘yicha tanlangan uslublarni sinab kо‘rish, ilmiy natijalarni olish, ilmiy rahbar bilan birgalikda olingan natijalarni tahlil qilish, adabiyotlardagi ma’lumotlar bilan taqqoslash ishlarini olib boradi va magistrlik dissertatsiyasi uchun zarur ma’lumotlarni tо‘playdi. Bu semestrda magistrantning ilmiy-tadqiqot ish faoliyati 20 hafta davom etib (320 soat auditoriya + 156 soat mustaqil ta’lim =476) jami 476 soat о‘quv yuklamasini bajarib, uning faoliyati maksimal 100 ball bilan baholanadi (reyting bali 476 ballga nisbatan hisoblanadi) va magistrantning kundaligida qayd qilinib, qaydnoma ilmiy rahbar tomonidan rasmiylashtirilib magistratura bо‘limiga topshiriladi. IV semestrda magistrant ilmiy-tadqiqot ishida dissertatsiya mavzusi bо‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini davom ettirib, yakuniy natijalarini oladi, umumlashtiradi va taxlil qiladi. Dissertatsiya mavzusiga oid ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini umumlashtiradi va mavjud boshqa ma’lumotlar bilan taqqoslaydi. Ilmiy rahbar bilan birgalikda olingan natijalarni muhokama qiladi, maqolalarni chop qilish uchun tayyorlaydi va magistrlik dissertatsiyasi uchun zaruriy ilmiy natijalarni tо‘playdi va magistrlik dissertatsiya ishini dastlabki himoyaga tayyorlaydi. Magistrantning ilmiy-tadqiqot faoliyati bu semestrda 18 hafta davom etib (360 soat auditoriya + 158 soat mustaqil ta’lim =518) jami 518 soat о‘quv yuklamasini bajaradi, uning faoliyati maksimal 100 ball bilan baholanadi (reyting bali 518 ballga nisbatan hisoblanadi) va magistrantning kundaligida qayd qilinib, qaydnoma ilmiy rahbar tomonidan rasmiylashtirilib magistratura bо‘limiga topshiriladi. Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling