O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   132
Qayta sug‘urta qilish-Sug‘urtalovchi shartnomada ko‘zda tutilgan o‘z 
majburiyatlarini butunlay yoki qisman boshqa sug‘urtalovchi (qayta 
sug‘urtalovchi)ga o‘tkazishi yoki qayta sug‘urta qilish. 


40 
Sug‘urta tashkiloti sug‘urtalanuvchining roziligi bilan asosiy shartnomani 
o‘zgartirmasdan turib sug‘urta shartnomalari asosida o‘zining javobgarligi, 
to‘lov qobiliyatiga ega bo‘lgan boshqa sug‘urta tashkilotlariga topshirib, qayta 
sug‘urta qildirishidir. Sug‘urta hodisasi yuz berganda qayta sug‘urtalagan 
tashkilot shartnomaga ko‘ra o‘z zimmasiga olgan majburiyatlar doirasida 
javobgar bo‘ladi. 
Birgalikda sug‘urta qilish-Birgalikda sug‘urta qilishda ikki yoki undan 
ortiq sug‘urta tashkiloti ma’lum obektni sug‘urtalash yuzasidan bitta sug‘urta 
shartnomasi tuzadi. Bunda shartnomada har bir sug‘urtalovchining huquq va 
majburiyatlarini belgilovchi shartlar bo‘lishi kerak. 
Sug‘urta vakillari-Sug‘urta vakillari sug‘urta xodimlari bo‘lib, o‘zlariga 
berilgan vakolatlariga muvofiq sug‘urtalovchi nomidan va uning topshirig‘i 
asosida ishlovchi jismoniy yoki yuridik shaxslardir. 
Sug‘urta guvohnomasi (polisi)-Sug‘urta munosabatlari tashkil etilganligiga 
guvohlik beruvchi hujjat. Ixtiyoriy sug‘urtada bunday hujjat birinchi badal 
to‘langandan keyin beriladi. Sug‘urta guvohnomasi (polisi)da xo‘jaliklarning 
nomlari, sug‘urtalangan shaxsning nomi, familiyasi, sug‘urta summasi yoki 
qoplamasi, sug‘urta tarifi, sug‘urta badali va boshqa ma’lumotlar ko‘zda tutiladi.
Sug‘urta qoplamasini oluvchi-Sug‘urta qoidalari yoki shartnomalarda 
ko‘zda tutilgan sug‘urta hodisalari sodir bo‘lganda yoki boshqa sabablar tufayli 
sug‘urta tashkilotlaridan ma’lum miqdorda qoplama (mablag‘) oluvchi yuridik 
va jismoniy shaxslar. Yuridik shaxslar uchun bu mablag‘lar ularning hisoblariga 
o‘tkaziladi. 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling