O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


Adendum. Sug‘urta shartnomalariga tomonlarning kelishuviga asosan  o‘zgartirishlar yoki qo‘shimchalar kiritish.  Yashil karta-


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   132
Adendum. Sug‘urta shartnomalariga tomonlarning kelishuviga asosan 
o‘zgartirishlar yoki qo‘shimchalar kiritish. 
Yashil karta- Xalqaro darajada tan olingan avtomobil haydovchilarning 
uchinchi shaxs oldidagi mas’uliyatni majburiy sug‘urtalanganligi xaqidagi sug‘urta 
polisi, «Yashil karta» tizimiga a’zo mamlakatlar kelishuviga asosan, avtomobil 
haydovchisi mazkur hududlarda qaytadan uchinchi shaxs oldidagi mas’uliyatni 
sug‘urtalamasdan yurishi mumkin. 
Sug‘urta brokeri-Sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchi o‘rtasida vositachini 
vazifasini bajaruvchi yuridik shaxs. O‘zining statusi bo‘yicha broker 
sug‘urtalanuvchining manfaatlari himoya qiladi, uning vakili bo‘ladi va uning 
obektlarini moliyaviy jihatdan barqaror bo‘lgan kompaniyalarda sug‘urtalanishni 
ta’minlaydi. Shu bilan bir qatorda, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun broker, 
sug‘urtalanuvchidan emas, balki sug‘urtalovchidan tegishli komissiya summasini 
oladi. 
Pul-Yirik va xavfli risklarni birgalikda sug‘urtalash uchun bir nechta 
sug‘urta kompaniyalarini birlashuvi. Riskni qabul qilib oluvchi kompaniya, pulga 
a’zo sug‘urtalovchilar nomidan yagona polis beradi. 
Shomaj-Sug‘urta hodisalarini ro‘y berishi natijasida ishlab chiqarishning 
to‘xtashi tufayli yuzaga keladigan foyda va boshqa moliyaviy yo‘qotishlarni 
sug‘urtalash. 
Lloyd-O‘zining moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqqan holda sug‘urta 
risklarini o‘z zimmasiga oluvchi xususiy shaxslarning birlashmasi, shtab-kvartirasi 
Londonda. Lloyd korporatsiyasi sug‘urtalash ishini sug‘urtalanuvchi va 
anderrayter o‘rtasida vositachi bo‘lgan brokerlar amalga oshiradi. Hozirgi paytda 
«Lloyd» ga 30 mingdan ortiq obunachi a’zo. 
Dengiz sug‘urtasida avariya-Kemaga yoki kemadagi yukka keltirilgan 
zarar. Dengiz sug‘urtasida «avariya» tushunchasi deganda avariya fakti 
tushunilmaydi, balki dengizda yukni tashuvchi tomonlarga keltirilgan zararlar 


48 
tushuniladi. Avariyalar umumiy va xususiy bo‘lishi mumkin. Umumiy avariya 
kema va yuk o‘rtasida taqsimlanadi. Xususiy avariyada esa avariya harakatlari 
ma’lum bir tomonga tushadi, ya’ni avariya bo‘lishga kim sababchi bo‘lsa. 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling