O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti
Sug‘urtaning iqtisodiyotdagi ahamiyati
Download 2.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1.4. Sug‘urtaning iqtisodiyotdagi ahamiyati.
Bugungi kunda o‘zaro sug‘urta xalqaro darajaga ko‘tarildi. O‘zaro sug‘urta barcha industrial rivojlangan mamlakatlarda muhim o‘ringa ega. O‘zaro sug‘urta jamiyatlari tomonidan to‘plangan sug‘urta mukofotlari dunyoning yirik sug‘urta bozorlarida 42 foizdan 70 foizgachani tashkil etmoqda. Hozirgi zamon chet el sug‘urta tizimlarida (Yevropa, Amerika, Yaponiyada) bir qancha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zaro sug‘urta yetakchilik qilmoqda (ayniqsa hayot sug‘urtasi va nafaqa sug‘urtasida). Dunyo sug‘urta bozorining 20,5 foizini tashkil etuvchi Yaponiya sug‘urta bozorida hayot sug‘urtasining 90 foizi o‘zaro sug‘urta jamiyatlari tomonidan amalga oshirilmoqda 13 . Sug‘urta faoliyati iqtisodiy infratuzilmaning ajralmas qismi sifatida bir tomondan, ijtimoiy kafolatni ta’minlasa, ikkinchi tomondan, shartnomaviy majburiyat va tariflar mexanizmi orqali turli sug‘urta risklaridan ogoh etish negizida iqtisodiyot sub’ektlari manfaatlarining himoyasini ham o‘z zimmasiga oladi. Sug‘urta faoliyati jismoniy va yuridik shaxslar manfaatlarini himoya qilish, ularning risklar yuz berishi oqibatida ko‘rishi ehtimol bo‘lgan zararlarini qoplashning zaruriy vositasi sifatida paydo bo‘ldi hamda rivojlandi. Shunday anglanilgan zarurat - aniq sug‘urta manfaatlari negizida sug‘urta munosabatlari yuzaga keldi. Sug‘urta munosabatlari, ularning tashkiliy shakllari qandayligidan qat’i nazar, sug‘urta fondini yaratish va undan foydalanish jarayonidir. Ta’kidlash lozimki, sug‘urta munosabatlari - murakkab va keng qamrovli moliyaviy-pullik iqtisodiy munosabatlar bo‘lib, ular yuzaga kelishi uchun o‘zaro bog‘liq shart- sharoit majmuasi mavjudligi ham muhimdir. O‘zbekistonda tadbirkorlikning rivoj topishi jarayonida turli risklarning yuz berishi ehtimoli mavjudligi, shuningdek, ijtimoiy hayotning o‘zida namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan qarama-qarshiliklar sub’ektlarning sug‘urta faoliyatiga, xususan, risklar transferiga bo‘lgan munosabatlarini ijobiy tomonga o‘zgartirdi. 13 Пинкин Ю.В. Справочник страховщика. Ростов на-Дону Феникс 2007 стр.101. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling