O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti
Sug‘urtaning mohiyati yuzasidan g‘arb olimlarining qarashlari
Download 2.42 Mb. Pdf ko'rish
|
1.3. Sug‘urtaning mohiyati yuzasidan g‘arb olimlarining qarashlari.
O‘zaro sug‘urtaning kelib chiqish tarixi, uning o‘ziga xos xususiyatlari, tijoratga asoslangan sug‘urtadan farqi va umumiylik xususiyatlari hamda afzalliklari to‘g‘risida MDH mamlakatlari olimlari tomonidan ko‘plab ilmiy izlanishlar olib borilgan. Shunday ilmiy izlanishlarning natijasi sifatida quyidagilarni ta’kidlab o‘tish mumkin: - o‘zaro sug‘urtaning sug‘urta bozorida sug‘urta mahsulotlarini yaratishning qulay va raqobatbardosh usuli ekanligi asoslab berilgan, hamda hozirgi zamon iqtisodiyotining alohida tarmoqlarida uni samarali qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan (Logvinova I.L) 7 ; - sug‘urta to‘g‘risidagi fan bo‘yicha nemis olimlarining fikriga ko‘ra o‘zaro sug‘urta tashkilotlarining birlamchi fondi: - o‘zaro sug‘urta jamiyatini tashkil etish bo‘yicha tashkiliy xarajatlarni qoplash fondi hisoblanadi; - o‘zaro sug‘urta jamiyatining xo‘jalik faoliyati birlamchi bosqichida har qanday zararlarni qoplash 7 Логвинова И.Л. Взаимное страхование как метод создания страховых продуктов в Российской экономике. Научное издание (монография) Московская финансово- промышленная академия. М.: Анкил 2010. 21с. 14 uchun kafolat kapitali vazifasini o‘taydi va keyingi bosqichlarda ushbu xarajatlar shakllantirilgan zararlar zaxirasi hisobidan qoplanadi; - o‘zaro sug‘urta jamiyati tashkil etilgandan keyin xo‘jalik faoliyati jarayonida yuzaga keladigan joriy xarajatlarni qoplash uchun ishlatiladigan ishlab chiqarish kapitali hisoblanadi (Kryuger O.I.) 8 ; - o‘zaro sug‘urta jamiyati o‘z a’zolariga arzon va sifatli sug‘urta xizmatlarini taqdim etishi sug‘urta tarifi brutto-stavkasining qisqartirilgan tarkibini qo‘llash hisobiga erishiladi, ya’ni: Brutto-stavka = Netto stavka (Safuanov R,, Kashipova I., Ryabchikov A.) 9 ; - sug‘urta huquqining manbalari, sug‘urta tashkiloti mijozlarining huquqlarini himoya qilish, sug‘urta shartnomasi, sug‘urta ishini tashkil qilish, mulkni sug‘urta qilish, javobgarlik va qayta sug‘urta qilish masalalari tahlil qilingan (Fogelson Yu.B.) 10 ; -birinchi marta sovet adabiyotida sug‘urta jamiyatlarining siyosiy iqtisod, moliyaviy, tashkiliy, huquqiy va buxgalteriyaga oid jihatlari kompleks tadqiq etilgan (Grishin G.V.) 11 ; - o‘zaro sug‘urtaning ushbu jamiyat a’zolarining (yuridik va jismoniy shaxslarning) olingan majburiyatlar bo‘yicha o‘zaro teng javobgarligiga asoslangan holda o‘z mulklari va boshqa mulkiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ixtiyoriylik asosida mablag‘larini birlashtirishi o‘zaro sug‘urtaning tub mohiyati ekanligi ochib berilgan (Safuanov R.M.) 12 . 8 Крюгер О.И. Т.1:Основы страхования //Страховое дело (пер. в нем. О.И.Крюгер и Т.А.Федоровой). М.: Экономисть, 2004.-Т.1- с.123. 9 Сафуанов Р,, Кашипова И., Рябчиков А. О некоторых направлениях экономического анализа и оценки эффективности деятельности обществ взаимного страхования. //Страховое дело,-2009.-№7 10 Фогельсон Ю.Б. Страховое право: теоретические основы и практика применения. Москва Норма ИНФРА-М 2012. 11 Гришин А.В. Правовая природа страхования и организация страховой деятельности. (монография), Орел: ОРЮИ МВД РФ 2009 с.27 12 Сафуанов Р.М. Взаимное страхование Российской федерации: экономико- организационные аспекты и анализ становления. Научное издание (монография) Уфа, 2011. с. 30. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling