O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


-modda. Tugatilayotgan sug‘urtalovchi kreditorlarining talablarini


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   132
20-modda. Tugatilayotgan sug‘urtalovchi kreditorlarining talablarini 
qanoatlantirish navbati 
Tugatilayotgan sug‘urtalovchi kreditorlarining talablari tugatishni amalga 
oshirish bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek tugatiladigan sug‘urtalovchining 
asosiy vazifalarini ta’minlash zaruratidan kelib chiqadigan xarajatlar to‘langanidan 
so‘ng quyidagi tartibda qanoatlantiriladi: 
birinchi navbatda — hayotni sug‘urta qilish sohasida majburiy sug‘urta 
shartnomalari bo‘yicha sug‘urta qildiruvchilarning talablari


180 
ikkinchi navbatda -sug‘urta qildiruvchilarning boshqa majburiy sug‘urta 
shartnomalari bo‘yicha talablari; 
uchinchi navbatda - boshqa sug‘urta qildiruvchilarning (naf oluvchilarning) 
talablari; 
to‘rtinchi navbatda - budjetga, budjetdan tashqari fondlarga to‘lovlarni 
nazarda tutuvchi to‘lov (ijro) hujjatlari bo‘yicha talablar. Ko‘rsatilgan talablar 
to‘liq qanoatlantirilgandan keyin ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha talablar hamda jinoyat 
yoki ma’muriy huquqbuzarlik tufayli fuqarolarning mol-mulkiga yetkazilgan 
zararni qoplash bo‘yicha talablari qanoatlantiriladi; 
beshinchi navbatda - sug‘urtalovchining boshqa kreditorlari talablari. 
21-modda. Sug‘urtalovchining sug‘urta zaxiralari 
Qabul qilingan sug‘urta majburiyatlari bajarilishini ta’minlash uchun 
sug‘urtalovchilar ham so‘mda, ham chet el valyutasida to‘langan sug‘urta 
mukofotlaridan qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda sug‘urta 
zaxiralarini shakllantiradilar hamda joylashtiradilar. 
Sug‘urtalovchining sug‘urta zaxiralariga mos keluvchi aktivlari olib 
qo‘yilishi mumkin emas. 
22-modda. Sug‘urtalovchilar to‘lov qobiliyatining kafolatlari 
Sug‘urtalovchilar ayrim tavakkalchiliklar bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan eng 
ko‘p miqdordan va majburiyatlar jamining yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p miqdoridan 
ortiq majburiyatlarni o‘z zimmalariga olishlari mumkin emas, ularning bu 
majburiyatlarni bajarish qobiliyati to‘lovga qobiliyatlilik normativlariga va 
moliyaviy barqarorlikning boshqa talablariga muvofiq qayta sug‘urta qilingan 
hollar bundan mustasnodir. Sug‘urtalovchilar O‘zbekiston Respublikasi hududidan 
tashqarida o‘z majburiyatlarini belgilangan tartibda qayta sug‘urta qilishga 
haqlidirlar. 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling