O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti
-modda. Sug‘urtalovchining litsenziyasi amal qilishi tugatilishining
Download 2.42 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 18-modda. Sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari
17-modda. Sug‘urtalovchining litsenziyasi amal qilishi tugatilishining
o‘ziga xos xususiyatlari Litsenziyaning amal qilishi tugatilgan kundan e’tiboran besh kun ichida maxsus vakolatli davlat organi sug‘urtalovchini tugatish to‘g‘risidagi ariza bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat etishi shart. Sug‘urtalovchining ilgari amal qilgan boshqaruv organlarining vakolatlari to‘xtatib turiladi va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tayinlagan sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyatiga o‘tadi. Muvaqqat ma’muriyat sud qaror chiqargunga qadar bo‘lgan davrda o‘z faoliyatini amalga oshiradi. Sug‘urtalovchi muvaqqat ma’muriyatining hisoboti maxsus vakolatli davlat organiga hamda sug‘urtalovchini tugatish to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat organining arizasi yo‘llangan sudga taqdim etiladi. Sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati o‘z faoliyati davrida xarajat operatsiyalarini amalga oshirishga haqli emas, sug‘urtalovchining boshqaruv xarajatlari (ma’muriy xarajatlari), sug‘urtalovchiga tushayotgan pullarni hisobga yozish va ilgari tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta hodisalari yuz berganda sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash bilan bog‘liq hollar bundan mustasnodir. Sug‘urtalovchi muvaqqat ma’muriyatining ishlash tartibi maxsus vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadi. Ushbu moddaning qoidalari sug‘urtalovchining arizasiga binoan litsenziya bekor qilingan hollarga, shuningdek uning muassislari (ishtirokchilari)ning yoki ta’sis hujjatlarida shunday vakolat berilgan sug‘urtalovchining boshqaruv organi qaroriga binoan qayta tashkil etilishi yoxud tugatilishiga taalluqli emas. 18-modda. Sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari Sug‘urtalovchilarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etish maxsus vakolatli davlat 178 organining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beriladigan ruxsatnomasi bilan amalga oshirilishi mumkin. Sug‘urtalovchi qayta tashkil etishga ruxsatnoma olish uchun maxsus vakolatli davlat organiga tegishli ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlarida shunday vakolat berilgan sug‘urtalovchi boshqaruv organining qayta tashkil etish to‘g‘risidagi qarori; tuzilayotgan sug‘urtalovchining balansi va faoliyatining taxminiy moliyaviy natijalari; qo‘shib yuborish yoki qo‘shib olish shartnomasining loyihasi (qo‘shib yuborish yoki qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etilayotganda). Sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishni o‘tkazish uchun berilgan ariza zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida maxsus vakolatli davlat organi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak. Maxsus vakolatli davlat organi qabul qilingan qaror to‘g‘risida sug‘urtalovchini yozma ravishda xabardor qilishi shart. Maxsus vakolatli davlat organi quyidagi hollarda sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishga ruxsatnoma berishni rad qilishga haqli, agar: sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etish natijasida ularning moliyaviy barqarorligiga doir talablar buzilishi mumkin bo‘lsa; sug‘urtalovchilarning qayta tashkil etilishi sug‘urta bozorida raqobatning cheklanishiga yoki bartaraf etilishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa; sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishga ruxsatnoma berilishi so‘rab taqdim qilingan hujjatlarda ishonchsiz ma’lumotlar bo‘lsa yoxud bu hujjatlar qonun hujjatlariga nomuvofiq bo‘lsa; sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etish qonun hujjatlariga zid bo‘lsa. Sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishni o‘tkazish uchun berilgan arizani takroran ko‘rib chiqishda ushbu qayta tashkil etishni o‘tkazishni rad etish 179 to‘g‘risidagi xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishni o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bo‘lish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilganda sug‘urtalovchi (sug‘urtalovchilar) litsenziyasining amal qilishi tugatiladi. Qayta tashkil etish natijasida yangitdan tuzilgan sug‘urtalovchilarga litsenziyalar berish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bo‘lish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilayotgan davr uchun hamda yangitdan tuzilgan sug‘urtalovchilar litsenziya olguniga qadar bo‘lgan davrda ular yangi sug‘urta shartnomalarini tuzishga, amaldagi sug‘urta shartnomalarini uzaytirishga haqli emas, ilgari tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmalariga olingan, huquqiy vorislik tartibida o‘zlariga o‘tgan majburiyatlarni bajarish hollari bundan mustasno. Qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etilayotganda o‘ziga boshqa sug‘urtalovchi qo‘shilayotgan sug‘urtalovchi, agar qo‘shib olish natijasida litsenziyaning shartlari o‘zgarmasa, amaldagi litsenziyani saqlab qoladi. O‘zgartirish shaklida qayta tashkil etilganda sug‘urtalovchining litsenziyasi qayta rasmiylashtiriladi. Qo‘shib yuborish shaklida qayta tashkil etilayotganda litsenziyani qayta rasmiylashtirishga qayta tashkil etilayotgan sug‘urtalovchilarda yangidan vujudga kelgan sug‘urtalovchini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida litsenziya mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Download 2.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling