171
mijozning tijorat sirini yoki boshqa sirini tashkil etadigan ma’lumotlarning
maxfiyligini saqlashi.
qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining
talabiga ko‘ra taqdim etishi shart.
Sug‘urta syurveyeri zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan
shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
9
8
-modda. Assistans
Assistans sug‘urta qildiruvchilarga (sug‘urtalangan
shaxslarga, naf
oluvchilarga) hamda sug‘urtalovchilarga sug‘urta shartnomasi doirasida assistans
xizmatlari, texnik, tibbiy va boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi,
shuningdek ularga
moliyaviy ko‘mak beruvchi yuridik yoki jismoniy shaxsdir.
Assistans o‘z faoliyatini sug‘urtalovchi bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq
amalga oshiradi.
Assistans xizmatlariga sug‘urta qildiruvchilar (sug‘urtalangan shaxslar)
ishtirokisiz faqat sug‘urtalovchilar tomonidan haq to‘lanadi.
Assistans:
sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta va qayta sug‘urta qilish operatsiyalari
o‘tkazishga;
sug‘urta bo‘yicha vositachilik faoliyatini amalga
oshirishga;
sug‘urtalovchilarning ustav fondlarida ishtirok etishga haqli emas.
Do'stlaringiz bilan baham: