O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


-modda. Sug‘urtalovchining litsenziyasi amal qilishi tugatilishining


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   132
17-modda. Sug‘urtalovchining litsenziyasi amal qilishi tugatilishining 
o‘ziga xos xususiyatlari 
Litsenziyaning amal qilishi tugatilgan kundan e’tiboran besh kun ichida 
maxsus vakolatli davlat organi sug‘urtalovchini tugatish to‘g‘risidagi ariza bilan 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga murojaat etishi shart. 
Sug‘urtalovchining ilgari amal qilgan boshqaruv organlarining vakolatlari 
to‘xtatib turiladi va maxsus vakolatli davlat organi tomonidan tayinlagan 
sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyatiga o‘tadi. Muvaqqat ma’muriyat sud 
qaror chiqargunga qadar bo‘lgan davrda o‘z faoliyatini amalga oshiradi. 
Sug‘urtalovchi muvaqqat ma’muriyatining hisoboti maxsus vakolatli davlat 
organiga hamda sug‘urtalovchini tugatish to‘g‘risida maxsus vakolatli davlat 
organining arizasi yo‘llangan sudga taqdim etiladi. 
Sug‘urtalovchining muvaqqat ma’muriyati o‘z faoliyati davrida xarajat 
operatsiyalarini amalga oshirishga haqli emas, sug‘urtalovchining boshqaruv 
xarajatlari (ma’muriy xarajatlari), sug‘urtalovchiga tushayotgan pullarni hisobga 
yozish va ilgari tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta hodisalari yuz 
berganda sug‘urta tovonini (sug‘urta pulini) to‘lash bilan bog‘liq hollar bundan 
mustasnodir. 
Sug‘urtalovchi muvaqqat ma’muriyatining ishlash tartibi maxsus vakolatli 
davlat organi tomonidan belgilanadi. 
Ushbu moddaning qoidalari sug‘urtalovchining arizasiga binoan litsenziya 
bekor qilingan hollarga, shuningdek uning muassislari (ishtirokchilari)ning yoki 
ta’sis hujjatlarida shunday vakolat berilgan sug‘urtalovchining boshqaruv organi 
qaroriga binoan qayta tashkil etilishi yoxud tugatilishiga taalluqli emas. 
18-modda. Sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishning o‘ziga xos 
xususiyatlari 
Sug‘urtalovchilarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib 
chiqarish, o‘zgartirish shaklida qayta tashkil etish maxsus vakolatli davlat 


178 
organining 
O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
belgilangan 
tartibda 
beriladigan ruxsatnomasi bilan amalga oshirilishi mumkin. 
Sug‘urtalovchi qayta tashkil etishga ruxsatnoma olish uchun maxsus 
vakolatli davlat organiga tegishli ariza bilan birga quyidagi hujjatlarni taqdim 
etadi: 
muassislarining (ishtirokchilarining) yoki ta’sis hujjatlarida shunday vakolat 
berilgan sug‘urtalovchi boshqaruv organining qayta tashkil etish to‘g‘risidagi 
qarori; 
tuzilayotgan sug‘urtalovchining balansi va faoliyatining taxminiy moliyaviy 
natijalari; 
qo‘shib yuborish yoki qo‘shib olish shartnomasining loyihasi (qo‘shib 
yuborish yoki qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etilayotganda). 
Sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishni o‘tkazish uchun berilgan ariza zarur 
hujjatlar taqdim etilgan kundan e’tiboran o‘n besh kun ichida maxsus vakolatli 
davlat organi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak. 
Maxsus vakolatli davlat organi qabul qilingan qaror to‘g‘risida 
sug‘urtalovchini yozma ravishda xabardor qilishi shart. 
Maxsus vakolatli davlat organi quyidagi hollarda sug‘urtalovchilarni qayta 
tashkil etishga ruxsatnoma berishni rad qilishga haqli, agar: 
sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etish natijasida ularning moliyaviy 
barqarorligiga doir talablar buzilishi mumkin bo‘lsa; 
sug‘urtalovchilarning qayta tashkil etilishi sug‘urta bozorida raqobatning 
cheklanishiga yoki bartaraf etilishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa; 
sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishga ruxsatnoma berilishi so‘rab taqdim 
qilingan hujjatlarda ishonchsiz ma’lumotlar bo‘lsa yoxud bu hujjatlar qonun 
hujjatlariga nomuvofiq bo‘lsa; 
sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etish qonun hujjatlariga zid bo‘lsa. 
Sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishni o‘tkazish uchun berilgan arizani 
takroran ko‘rib chiqishda ushbu qayta tashkil etishni o‘tkazishni rad etish 


179 
to‘g‘risidagi xabarnomada ilgari ko‘rsatilmagan yangi asoslar bo‘yicha 
sug‘urtalovchilarni qayta tashkil etishni o‘tkazishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Bo‘lish va ajratib chiqarish shaklida qayta tashkil etilganda sug‘urtalovchi 
(sug‘urtalovchilar) litsenziyasining amal qilishi tugatiladi. Qayta tashkil etish 
natijasida yangitdan tuzilgan sug‘urtalovchilarga litsenziyalar berish qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Bo‘lish va ajratib chiqarish 
shaklida qayta tashkil etilayotgan davr uchun hamda yangitdan tuzilgan 
sug‘urtalovchilar litsenziya olguniga qadar bo‘lgan davrda ular yangi sug‘urta 
shartnomalarini tuzishga, amaldagi sug‘urta shartnomalarini uzaytirishga haqli 
emas, ilgari tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmalariga olingan, 
huquqiy vorislik tartibida o‘zlariga o‘tgan majburiyatlarni bajarish hollari bundan 
mustasno. 
Qo‘shib olish shaklida qayta tashkil etilayotganda o‘ziga boshqa 
sug‘urtalovchi qo‘shilayotgan sug‘urtalovchi, agar qo‘shib olish natijasida 
litsenziyaning shartlari o‘zgarmasa, amaldagi litsenziyani saqlab qoladi. 
O‘zgartirish shaklida qayta tashkil etilganda sug‘urtalovchining litsenziyasi 
qayta rasmiylashtiriladi. 
Qo‘shib yuborish shaklida qayta tashkil etilayotganda litsenziyani qayta 
rasmiylashtirishga qayta tashkil etilayotgan sug‘urtalovchilarda yangidan vujudga 
kelgan sug‘urtalovchini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sanasida litsenziya mavjud 
bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling