O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   132
9
9
-modda. Assistansning huquq va majburiyatlari 
Assistans quyidagi huquqlarga ega: 
assistans xizmatlari ko‘rsatilishi bo‘yicha sug‘urtalovchilar bilan mustaqil 
ravishda shartnoma tuzish; 
assistans xizmatlari ko‘rsatilishi uchun zarur bo‘lgan barcha axborot 
sug‘urtalovchi tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, assistans xizmatlari 
ko‘rsatishni rad etish; 
tegishli mutaxassislarni assistans xizmatlari ko‘rsatishda ishtirok etishga 
belgilangan tartibda jalb etish. 


172 
Assistans qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa 
huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 
Assistans: 
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi; 
sug‘urta qildiruvchilardan (sug‘urtalangan shaxslardan) sug‘urta voqealari 
(sug‘urta hodisalari) to‘g‘risidagi xabarlar kecha-kunduz qabul qilinishini tashkil 
etishi va sug‘urta shartnomasi doirasida, taqdim etilgan sug‘urta polisi asosida 
sug‘urta qildiruvchilarga (sug‘urtalangan shaxslarga) zarur yordam ko‘rsatishi; 
sug‘urta hodisalarini ko‘rib chiqish va tartibga solish chora-tadbirlarini 
ko‘rishi. 
qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining 
talabiga ko‘ra taqdim etishi shart. 
Assistans zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga 
muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. 
10-modda. Maxsus vakolatli davlat organi 
Sug‘urta faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan maxsus vakolatli 
davlat organi amalga oshiradi. 
Maxsus vakolatli davlat organi: 
ijro etilishi majburiy bo‘lgan to‘lovga qobiliyatlilik normativlarini hamda 
ularni aniqlash tartibini, ayrim tavakkalchiliklar bo‘yicha sug‘urtalovchilar 
majburiyatlarining yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p yoki eng kam miqdorini va 
majburiyatlar jamining yo‘l qo‘yiladigan ko‘p yoki eng kam miqdorini hisoblab 
chiqarish uslubini, sug‘urtalovchilarning to‘lovga qobiliyatini aks ettiruvchi 
axborotlarni taqdim etish tartibi va muddatlarini belgilaydi; 
sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari sug‘urta faoliyati 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etishini, to‘lovga qobiliyatlilikning 
belgilangan normativlari va moliyaviy barqarorlikning boshqa talablari 
bajarilishini nazorat qiladi; 


173 
sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini 
litsenziyalaydi; 
sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralarini shakllantirish hamda joylashtirish 
tartibi va shartlarini, shuningdek bunday mablag‘lar hisobini yuritish hamda ular 
bo‘yicha hisobotlar tuzish tartibini belgilaydi, chet davlatlarning davlat qimmatli 
qog‘ozlariga sug‘urta zaxiralarini joylashtirishni kelishib olish tartibi bundan 
mustasno; 
sug‘urtalovchining, 
sug‘urta 
brokerining 
hamda 
ular 
alohida 
bo‘linmalarining 
rahbariga 
va 
bosh 
buxgalteriga 
qo‘yiladigan 
malaka 
talablarini 
belgilaydi. 
sug‘urtalovchilar tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy hisobotlarning va 
e’lon qilinadigan yillik moliyaviy hisobotning shaklini, shuningdek uni taqdim 
etish hamda e’lon qilish tartibi va muddatlarini belgilaydi; 
qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining 
faoliyatini tekshiradi va ularga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida 
ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar kiritadi; 
sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, shu jumladan belgilangan 
iqtisodiy 
normativlar 
sug‘urtalovchi 
tomonidan 
buzilganligi 
uchun 
sug‘urtalovchining ustav fondi eng kam miqdorining 0,1 foizigacha 
miqdorda 
belgilangan tartibda 
jarima soladi. 
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sug‘urtalovchilar va sug‘urta 
brokerlari litsenziyalarining amal qilishini to‘liq yoki ayrim sug‘urta turlariga 
(klasslariga) nisbatan to‘xtatib qo‘yadi, shuningdek ularning faoliyatini tugatish 
to‘g‘risida sudga murojaat qiladi; 
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni 
moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga 
qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan taqdirda, 
sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilariga nisbatan qonun hujjatlariga muvofiq 
choralar va sanksiyalarni qo‘llaydi; 


174 
har bir moliya yili tugaganidan keyin olti oy ichida sug‘urta faoliyatini 
tartibga solish va uni nazorat qilish borasidagi faoliyat to‘g‘risida yillik 
hisobotlarni , shuningdek sug‘urta bozorining moliya yili mobaynidagi faoliyati 
to‘g‘risida statistika ma’lumotlarini e’lon qiladi; 
sug‘urtalovchilarning investitsiya faoliyatini amalga oshirish, shuningdek 
sug‘urta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora-tadbirlarini 
sug‘urtalovchilar tomonidan moliyalashtirish tartibi hamda shartlarini belgilaydi, 
sug‘urtalovchining 
ehtiyotdan 
ko‘riladigan 
chora-tadbirlari 
zaxirasidan 
moliyalashtiriladigan ehtiyotdan ko‘riladigan chora-tadbirlar ro‘yxatini kelishib 
olish tartibi bundan mustasno; 
aktuar xizmatlari ko‘rsatish tartibini belgilaydi; 
aktuariy malaka sertifikatini olish uchun o‘quv dasturlarini hamda malaka 
imtihonlari topshirish tartibini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, mazkur sertifikatni 
olish huquqi uchun malaka imtihoni o‘tkazadi; 
belgilangan tartibda aktuariy malaka sertifikati beradi, uning amal qilishini 
tugatadi va uni bekor qiladi, malaka sertifikatiga ega bo‘lgan aktuariylar reyestrini 
yuritadi; 
sug‘urta bozorining professional ishtirokchilaridan qonun hujjatlarida 
belgilangan axborotni so‘rab oladi. 
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi. 
Maxsus vakolatli davlat organi va uning xodimlari sug‘urta bozori 
professional ishtirokchilarining ustav fondida va boshqaruv organlarida ishtirok 
etishga, shuningdek sug‘urta vositachisi sifatida ish yuritishga haqli emaslar, 
bundan «O‘zagrosug‘urta» aksiyadorlik jamiyati, «Kafolat sug‘urta kompaniyasi» 
aksiyadorlik jamiyati hamda «O‘zbekinvest» eksport-import milliy sug‘urta 
kompaniyasi ustav fondida va boshqaruv organlarida ishtirok etish mustasno. 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling