O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


-modda. Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilarini tuzish va


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   132
11-modda. Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilarini tuzish va 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 


175 
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlari, shuningdek sug‘urta bozorining 
yuridik shaxs bo‘lgan boshqa professional ishtirokchilari qonunlarda nazarda 
tutilgan tashkiliy-huquqiy shakllarda tuziladi. 
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda O‘zbekiston 
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi, sug‘urta bozorining 
boshqa professional ishtirokchilarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish esa, qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 
Qayta sug‘urta brokerlari, adjasterlar, aktuar tashkilotlar, sug‘urta 
syurveyerlari, assistanslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan keyin bir haftalik 
muddatda bu haqda maxsus vakolatli davlat organini yozma ravishda xabardor 
qiladi. 
12-modda. Sug‘urtalovchilarning ustav fondi 
Sug‘urtalovchilar ustav fondining eng kam miqdori qonun hujjatlari bilan 
belgilanadi. 
Sug‘urtalovchi ustav fondining kamida to‘qson foizi muassislarning 
(ishtirokchilarning) pul mablag‘laridan shakllantiriladi. 
Sug‘urtalovchining ustav fondini shakllantirish uchun kreditga, garovga 
olingan mablag‘lardan va boshqa jalb qilingan mablag‘lardan foydalanishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Sug‘urtalovchining boshlang‘ich ustav fondi litsenziya olinadigan paytga 
qadar muassislar tomonidan shakllantirilgan bo‘lishi va qonun hujjatlarida 
belgilangan ustav fondining eng kam miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak. 
13-modda. Sug‘urtalovchilarning va sug‘urta brokerlarining firma 
nomiga doir talablar 
Sug‘urtalovchilarning va sug‘urta brokerlarining firma nomida ilgari tashkil 
etilgan sug‘urtalovchilarning va sug‘urta brokerlarining firma nomi bilan 
adashtirib yuborish darajasida bir xil yoki ularga aynan o‘xshash bo‘lgan belgilar 
qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan sug‘urtalovchilarning va sug‘urta 
brokerlarining 
filiallari, 
shuningdek 
unitar 
korxona 
shaklida 
boshqa 


176 
sug‘urtalovchilar tomonidan tashkil etilgan sug‘urtalovchilarning va sug‘urta 
brokerlarining firma nomlari mustasno. 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling