O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


IV. ARIZANI KO‘RIB CHIQISH VA QAYTA TASHKIL


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   132
IV. ARIZANI KO‘RIB CHIQISH VA QAYTA TASHKIL 
ETISHGA RUXSATNOMA BERISH YOKI RAD ETISH 
TO‘G‘RISIDA QAROR QABUL QILISH 
10. Vakolatli organ sug‘urtalovchining arizasini ko‘rib chiqadi, ushbu 
Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlar qabul qilib olingan sanadan 
boshlab o‘n besh kundan ortiq bo‘lmagan muddatda qayta tashkil etishga 


186 
ruxsatnomani beradi yoki rad etadi. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish 
to‘g‘risida sug‘urtalovchining arizasi ko‘rib chiqilganligi uchun vakolatli organ 
tomonidan yig‘im undirilmaydi. 
11. Agar vakolatli organ qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish yoki uni 
rad etish to‘g‘risida sug‘urtalovchining arizasini ko‘rib chiqish muddati mobaynida 
sug‘urtalovchiga qayta tashkil etishga ruxsatnoma bermasa yoki uni berishni rad 
etmasa, u holda ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan muddat tamom 
bo‘lgandan keyin sug‘urtalovchi uni amalga oshirish uchun ruxsatnoma olish 
niyatida bo‘lgan qayta tashkil etishni, bu haqda vakolatli organni yozma ravishda 
xabardor qilgan holda amalga oshirish huquqiga ega. 
Ushbu bandning birinchi xatboshida nazarda tutilgan holatda vakolatli 
organ sug‘urtalovchining yozma xabarnomasi olingandan keyin besh ish kuni 
mobaynida unga qayta tashkil etishga ruxsatnoma berishga majbur. Qayta tashkil 
etishga ruxsatnoma olingunga qadar taqdim etilgan hujjatlarning ular qabul 
qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilgan ro‘yxati va sug‘urtalovchi tomonidan 
vakolatli organga yuborilgan yozma xabarnoma qayta tashkil etishga ruxsatnoma 
berishga tenglashtiriladi va qayta tashkil etishni sodir etish uchun asos hisoblanadi. 
12. Vakolatli organ tegishli qaror qabul qilingan sanadan boshlab bir ish 
kunidan kechikmay sug‘urtalovchiga qayta tashkil etishga ruxsatnomani beradi 
(yuboradi) yoki uni berish rad etilganligi to‘g‘risida uni yozma shaklda xabardor 
qiladi. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma berilganligi uchun vakolatli organ 
tomonidan yig‘im undirilmaydi. 
13. Qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish quyidagi asoslar bo‘yicha rad 
etilishi mumkin: 
qayta tashkil etishga ruxsatnoma berilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning 
sug‘urtalovchi tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi; 
sug‘urtalovchining ruxsat berishga doir talablar va shartlarga muvofiq 
emasligi; 
sug‘urtalovchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki buzib 
ko‘rsatilgan ma’lumotlarning mavjudligi. 


187 
Qayta tashkil etishga ruxsatnomani berishni boshqa asoslarga ko‘ra, shu 
jumladan, maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
14. Qayta tashkil etishga ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi 
xabarnoma sug‘urtalovchiga yozma shaklda, rad etish sabablari, qonun 
hujjatlarining aniq normalari va sug‘urtalovchi ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf 
etib, takroran ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin bo‘lgan 
muddat ko‘rsatilgan holda yuboriladi (topshiriladi). Sug‘urtalovchi rad etish 
sabablarini bartaraf etib va hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi 
mumkin bo‘lgan muddat qayta tashkil etishga ruxsatnomani berish rad etilganligi 
haqidagi xabarnoma olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi 
kerak. 
15. Sug‘urtalovchi qayta tashkil etishga ruxsatnomani berish rad etilishi 
uchun asos bo‘lgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, 
hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, qayta tashkil etishga ruxsatnomani berish yoki 
uni berishni rad etish sug‘urtalovchining rad etish sabablari bartaraf etilganligi 
to‘g‘risidagi arizasi va rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli 
hujjatlar olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatda 
vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi. Sug‘urtalovchining arizasi takroran 
ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi. 
16. Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda ilgari sug‘urtalovchiga yozma 
shaklda bayon qilinmagan rad etish sabablarining vakolatli organ tomonidan 
ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini 
tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablarining ko‘rsatilishi bundan 
mustasno. 
17. Qayta tashkil etishga ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi 
xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin sug‘urtalovchi tomonidan 
berilgan ariza yangidan berilgan ariza hisoblanadi va vakolatli organ tomonidan 
umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi. 


188 
18. Sug‘urtalovchi qayta tashkil etishga ruxsatnoma berish rad etilganligi
shuningdek vakolatli organ mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) 
yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega. 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling