O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti
Sug‘urtalovchilarning moliyaviy natijalarini shakllanish manbalari
Download 2.42 Mb. Pdf ko'rish
|
8.4. Sug‘urtalovchilarning moliyaviy natijalarini shakllanish manbalari.
Sug‘urta tashkilotlarining daromadlari sug‘urta operatsiyalaridan, investitsiya faoliyati va boshqalardan olinishi mumkin. Sug‘urta operatsiyalaridan daromadlar sug‘urta to‘lovlari asosida shakllanadi. Sug‘urta to‘lovi sug‘urta xizmatining sotish bahosini bildiradi, uni kalkulyatsiya bahosidan farqlash lozim. Gosstraxning monopol faoliyati davrida kalkulyatsion baho bir vaqtning o‘zida sotish bahosi ham hisoblangan, u vaqtda to‘laqonli bozor munosabatlari bo‘lmagan. Bozor sharoitida kalkulyatsion baho bilan sotish bahosi mos kelmasligi mumkin. Sug‘urtalovchi brutto-tarifni hisoblayotganda sug‘urta xizmatining kutilayotgan qiymatini belgilaydi, sotish bahosi esa sug‘urta shartnomasi tuzilayotganda aniq bo‘ladi. Sug‘urta xizmatining qiymati –obyektiv kattalikdir, baho esa qator omillar: bozor kon’yunkturasi, davlatning baho siyosati, sug‘urtalaovchilarning monopol kelishuvlari, kredit foizlarining dinamikasi va boshqalar ta’siri natijasida shakllanadi. Sug‘urta to‘lovlari – bu sug‘urta tashkilotining birlamchi daromadi va mablag‘larning keyingi aylanishi asosi, investitsion faoliyatni moliyalashtirish manbai hisoblanadi. Sug‘urtaning uzoq muddatli turlari bo‘yicha sug‘urtalanuvchilarning to‘lovlari sug‘urtalovchilarda uzoq davr saqlanadi. Bundan tashqari sug‘urta tashkilotlarida zahira va rezerv fondlari shakllantirilib, o‘n yillab ishlatilmasligi mumkin. Bularning barchasi sug‘urtalovchiga mablag‘lardan investitsion maqsadlarda foydalanish asosini yaratadi. Sug‘urtalovchining mablag‘lari xalq xo‘jaligining turli tarmoqlariga turli shakllarda: bevosita investitsiyalar, qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk va boshqa 108 ko‘rinishlarda joylashtirilishi mumkin. Investitsion faoliyatdan olingan daromadlar sug‘urta operatsiyalaridan ko‘rilgan zararlarni kompensatsiyalashga, sug‘urta ishini rivojlantirishga, xuddi shunday tijorat maqsadlarida yoki iste’mol uchun sarflanishi mumkin. Shunday tarzda sug‘urtalovchining sug‘urta xizmatlari uchun past baholarda ham yetarli rentabellikni saqlab turish mumkin. Sug‘urta tashkiloti sug‘urta to‘lovlari va investitsion faoliyatdan olinadigan daromadlardan tashqari turli xildagi xizmatlar ko‘rsatishdan, avvalo, risk- menejment bilan bog‘liq, maslahat berish, kadrlarni o‘qitish va boshqalardan ham daromadlar olishi mumkin. Sug‘urta operatsiyalaridan olingan foyda - ko‘rsatilgan sug‘urta xizmatlarining bahosi va tannarxi o‘rtasidagi farqni bildiradi. Daromadlilik darajasining ko‘rsatkichi sug‘urta operatsiyalarining rentabelligi deyilib, yillik foyda summasini sug‘urta operatsiyalarining barchasi yoki qandaydir sug‘urta turi bo‘yicha yillik to‘lovlar summasiga nisbati sifatida aniqlanadi. Foydani kelib tushgan sug‘urta to‘lovlari hajmi bilan solishtirish sug‘urtalovchi sug‘urta to‘lovlarining har bir so‘midan qancha foyda olayotganligini ko‘rsatadi. Sug‘urtalovchi sug‘urta operatsiyalaridan oladigan foydadan tashqari investitsion faoliyatdan ham foyda olishi mumkin. Investitsiyadan foyda - bu sug‘urta tashkilotining nosug‘urta xarakterdagi xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanishdan olgan foydasi. Investitsiyalar orqali foyda olish sug‘urtalovchining asosiy maqsadi hisoblanmaydi, biroq bu foyda sug‘urta mas’uliyatlarini kengaytirish va alohida sug‘urta turlari bo‘yicha tariflarni pasaytirish, sug‘urtalovchining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va sug‘urta ishini rivojlantirishning boshqa yo‘nalishlari uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21 maydagi "Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi PQ-872-sonli Qaroriga asosan sug‘urta faoliyatini yanada takomillashtirish, sug‘urtalovchilarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning hududiy tarmoqlarini kengaytirish va 109 sug‘urta kompaniyalarining investitsion jarayonlardagi ishtirokini rag‘batlantirish, shuningdek, sug‘urta xizmatlari iste’molchilarining huquqlarini samarali himoya qilishni ta’minlash maqsadida sug‘urtalovchilarga qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsion vositachi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish huquqi berilgan. Bunda sug‘urtalovchilar tomonidan ko‘rsatilgan faoliyat turini amalga oshirish uchun litsenziya olishi talab qilinmaydi. Sug‘urtalovchining sug‘urta operatsiyalari va investitsiya faoliyatidan olgan daromadlari soliqka tortiladi. Daromadni hisoblash daromadlar va xarajatlar balansi hamda yordamchi hisob-kitoblar yordamida amalga oshiriladi. Sug‘urta operatsiyalaridan olingan daromad o‘z tarkibiga foyda va sug‘urta xodimlari mehnatiga haq to‘lash fondini oladi. Sug‘urtalovchilar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 21 maydagi "Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" gi PQ-872- sonli Qaroriga asosan 2008-yilning 1 iyunidan boshlab uch yil muddatga: - yuridik va jismoniy shaxslarning sug‘urtalovchilar aksiyalari bo‘yicha dividendlar ko‘rinishida olingan daromadlari yuridik shaxslarning foyda solig‘i va jismoniy shaxslarning daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan; - sug‘urtalovchilarning dividendlar va foizlar ko‘rinishida olingan daromadlari yuridik shaxslarning foyda solig‘ini to‘lashdan ozod qilingan va soliqdan bo‘shagan mablag‘lar respublika hududlarida, birinchi navbatda, qishloq joylarida hududiy bo‘linmalarni, keng tarmoqli agentlik tizimini tashkil qilish, shuningdek, ularning moddiy-texnik bazasini rivojlantirishga maqsadli yo‘naltirilishi belgilangan. Sug‘urta kompaniyalarning moliyasi (sug‘urtalovchining pul fondlari) sug‘urta ishini tashkil etish borasida o‘zining xarajatlarini moliyalashtirish va o‘z mijozlariga sug‘urta himoyasini ko‘rsatish faoliyatini ta’minlaydi. Sug‘urta kompaniyalarining pul mablag‘larini aylanishi ikkita mustaqil pul oqimini o‘z ichiga oladi: • sug‘urta himoyasini (sug‘urta to‘lovlarini) ta’minlovchi mablag‘lar aylanishi; 110 • sug‘urta kompaniyalarni faoliyati uchun belgilangan mablag‘lar aylanishi. O‘z navbatida, sug‘urta himoyasini ta’minlovchi mablag‘lar aylanishi ikki bosqichga bo‘linadi: birinchi bosqich, sug‘urta fondni shakllantiradi va taqsimlaydi, ikkinchi bosqich esa sug‘urta fondining bir qismini banklarga qo‘yilgan depozit hisoblar va hokazalar bo‘yicha daromad olish maqsadida investitsiya qiladi. Sug‘urta tashkilotlarida mablag‘lar aylanishi boshqa xalq xo‘jaligi tarmoqlari va tijorat tuzilmalarga qaraganda murakkab jarayon hisoblanadi. Pul mablag‘larning aylanishi sug‘urta himoyasini ko‘rsatish bilan bevosita bog‘liqligi sug‘urta toifasining mazmunini ifodalaydi. Mablag‘ aylanishining ushbu qismi sug‘urta tashkilotining risk, ehtimollik xususiyati harakatining alohida tamoyili hisoblanadi. Buning kuchi, sug‘urta fondining shakllanishi asosida zararlar ehtimolligi yotganligi ehtimollik nazariyasi (aktuar hisoblar) va statistik ma’lumotlar asosida hisoblanadi hamda sug‘urtalovchining moliyasini tashkil etishda har bir sug‘urtalanuvchining ishtiroki ulushini, sug‘urta xizmati narhi va tannarxini, shuning asosida tarif stavkalari miqdorini o‘rnatishni aniqlash imkonini beradi. Sug‘urta zahiralari vaqtincha bo‘sh turgan maxsus sug‘urta resurslari aylanmasi hisoblanib, unga sug‘urtalovchining daromadi sifatida qaralmaydi. Ular sug‘urta kompaniyalari uchun investitsiya faoliyati orqali, qaysiki tijorat maqsadlarida sug‘urta fondi mablag‘larini bir qismini ishlatish yo‘li bilan daromad olish manbai asosi hisoblanadi. Investitsiya faoliyatidan olingan mablag‘lar sug‘urta operatsiyalarini moliyalashtirishga shu jumladan, sug‘urta turlari bo‘yicha zararlarni qoplash, yangi sug‘urta turlarini ishlab chiqish hamda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga va hokazolarga yo‘naltiriladi. Sug‘urta zahiralarining shakllanishi bo‘yicha quyidagi qonun-qoidalar mavjud: hamma zahiralar maxsus hisob-kitoblar asosida shakllanadi; zahiralar sug‘urta olib borayotgan valyutada shakllanadi; 111 sug‘urta zahiralari har bir aniq to‘lash muddatiga shakllanadi; zahiralar faqat sug‘urta shartnomasi bo‘yicha emas, qayta sug‘urtalashda qabul qilingan shartnomalar bo‘yicha ham shakllanishi mumkin; Sug‘urta qiluvchilarning moliyaviy turg‘unligining asosi shundaki, ularda to‘langan ustav kapitali, sug‘urta zahiralari, shuningdek qayta sug‘urta tizimi mavjud. Sug‘urtalovchilar o‘ziga qabul qilgan sug‘urta majburiyatlarini bajarish uchun yig‘ilgan sug‘urta mukofatlaridan kelgusida sug‘urta to‘lovlari uchun barcha sug‘urta turlari bo‘yicha kerakli sug‘urta zahiralarini shakllantiradilar. Sug‘urta zahiralari sug‘urtalovchining sug‘urtalanuvchilar bilan tuzgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha shu paytgacha bajarilmagan majburiyatlarining hajmini ko‘rsatib turadi. Xorij mamlakatlarida qabul qilingan sug‘urta zahiralarining shakllanish texnikasiga ko‘ra, sug‘urta qiluvchi bo‘yniga olgan har bir majburiyat turi sug‘urta zahirasiga mos keladigan turi bilan qoplanadi. Hayot sug‘urtasi bo‘yicha amaldagi shartnomalar sharoitiga bog‘liq holda matematik zahiralar, yillik renta zahiralari, fond zahiralari va ishtirok etish zahiralari shakllanadi; sug‘urtaning boshqa turlari bo‘yicha – mukofot zahiralari va zarar zahiralari shakllanadi. Sug‘urta zahiralari hajmi amaldagi shartnoma bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan summani butun holda qoplashi zarur. Shuning uchun ularning hajmini aniqlash uchun sug‘urta qiluvchining operatsiyalarini chuqur tahlili va matematik hisob-kitoblari zarur. Hamma sug‘urta zahiralari 3 ta katta guruhlarga bo‘linadi. - hayot sug‘urtasi zahiralari; - hayot sug‘urtasidan tashqari zahiralar turlari - texnik zahiralar; - majburiy tibbiy sug‘urta zahiralari. Texnik mablag‘lar sug‘urta qiluvchi tomonidan alohida sug‘urta shartnomasi va butun sug‘urta portfeli bo‘yicha bir muddatga hisob-kitob qilingan sug‘urta to‘lovlari bo‘yicha moliyaviy majburiyatlarni bajarish kerak bo‘lgan mablag‘lar yig‘indisi. Ular sug‘urta zahiralarining qismi bo‘lib hayot sug‘urtasidan tashqari sug‘urta turlari bo‘yicha hisob-kitob qilinadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling