O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


 Daromadlarni taqsimlash va sug‘urtalovchilarning xarajatlari


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   132
8.5. Daromadlarni taqsimlash va sug‘urtalovchilarning xarajatlari. 
Sug‘urtalovchining xarajatlari sug‘urta fondini taqsimlash jarayonida 
shakllanadi. Xarajatlar tarkibi va strukturasini ikki o‘zaro bog‘liq iqtisodiy 
jarayonlar: sug‘urtalanuvchilar oldidagi majburiyatlarni qoplash va sug‘urta 
tashkiloti faoliyatini moliyalashtirish aniqlab beradi. Shundan kelib chiqib, 
sug‘urta ishida xarajatlarni quyidagicha turkumlash qabul qilingan: sug‘urta 
qoplamalari va sug‘urta summalarini to‘lash xarajatlari; zahira va rezerv fondlariga 
ajratmalar; oldini olish tadbirlariga ajratmalar; ish yuritish xarajatlari. Bu xarajatlar 
birgalikda sug‘urta operatsiyalarining tannarxini bildiradi. 
O‘z salmog‘i va ijtimoiy-iqtisodiy mazmundagi ahamiyati bo‘yicha 
sug‘urtalovchi xarajatlarining asosiy moddasini sug‘urta qoplamalari va sug‘urta 
summalarini to‘lash xarajatlari tashkil qiladi. To‘lov paytida sug‘urtalovchining 
sug‘urtalanuvchi oldida shartnoma tuzish paytida olgan yoki qonun asosidagi 
(majburiy sug‘urta bo‘yicha) majburiyatlarini bajarilishi ro‘y beradi.
Zahira fondlari yoki badal rezervlariga ajratmalar sug‘urta ishidagi kelasi davr 
xarajatlarining o‘ziga xos bir variantini bildiradi. Ular sug‘urta qoplamalari va 
sug‘urta summalarining me’yoriy va haqiqatdagi kattaliklari o‘rtasidagi farq 
sifatida aniqlanadi. 
Sug‘urtalanuvchi xarajatlarining boshqa elementlari singari oldini olish 
tadbirlariga ajratmalar ham tarif stakasi tuzilishida me’yorlashtirilgan. Davlat 
sug‘urta boshqarmasi amal qilgan davrlarda oldini olish tadbirlarini 
moliyalashtirishga mo‘ljallangan mablag‘lar budjetga yo‘naltirilgan. Endi bu 
mablag‘lar sug‘urta tashkilotlarining o‘zlarida bo‘lmokda. 
Sug‘urta ishida ish yuritish xarajatlari muhim rol o‘ynaydi. Ular 
sug‘urtalovchilar faoliyatini moliyalashtirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, brutto-
stavkaning yuklamasiga kiritiladi va sug‘urta operatsiyalari tannarxining muhim 
elementi hisoblanadi. O‘z tarkibiga mehnatga haq to‘lash xarajatlari, xo‘jalik va 
idora xarajatlari, xizmat safarlari va ba’zi boshqa xarajatlarni oladi. 
Jahon amaliyotida ish yuritish xarajatlari akvizitsion, inkassa, bartaraf 
(likvidatsiya) qilish va boshqaruv xarajatlariga bo‘linadi. 


113 
Akvizitsion xarajatlar yangi sug‘urta shartnomalarini tuzish maqsadida 
amalga oshiriladi. Ularga akvizitsion komissiya, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va 
boshqa xarajatlar kiradi. Akvizitsion xarajatlar yangi sug‘urta turlari joriy qilinib 
qo‘llanilayotganda tez o‘sib boradi. 
Inkassa xarajatlari – bu sug‘urta tashkiloti xodimlarining sug‘urta to‘lovlari 
yig‘ganlik va sug‘urtalanuvchilarga xizmat ko‘rsatganliklari uchun mehnatiga haq 
to‘lash xarajatlari. Inkassa xarajatlari brutto-stavkadan komission tamoyillarda 
foizlar bo‘yicha hisoblanadi. 
Bartaraf (likvidatsiya) qilish xarajatlari odatda bevosita xarajat hisoblanadi va 
sug‘urta hodisasi ro‘y bergandan so‘ng amalga oshiriladi. Boshqa bevosita 
xarajatlar singari ular konkret sug‘urta turiga tegishli bo‘ladi. Bunday xarajatlar 
tarkibiga mazkur holat bilan bog‘liq bartaraf qiluvchi va ekspertni sug‘urta 
hodisasi ro‘y bergan joyga borish-kelish yo‘l xarajatlari, ekspertlarni 
rag‘batlantirish xarajatlari, sud xarajatlari va boshqalar kiradi. 
Boshqaruv xarajatlari o‘z tarkibiga sug‘urta tashkilotining ma’muriy-
boshqaruv xodimlari mehnatiga haq to‘lash xarajatlari, ma’muriy-xo‘jalik 
xarajatlari va sug‘urtani rivojlantirish xarajatlarini oladi. 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling