129
AMALIY MASHG’ULOT UCHUN MASALA VA TOPSHIRIQLAR
1.Masala. Korxonaning 25 mln. so‘mlik mulki 1 yil muddatga bir yo‘la
ikkita sug‘urta kompaniyasida sug‘urtalangan bo‘lib, birinchi sug‘urta
kompaniyasida tuzilgan sug‘urta shartnomasining sug‘urta summasi 12 mln. so‘m
va ikkinchi sug‘urta kompaniyasida tuzilgan sug‘urta shartnomasining sug‘urta
summasi 15 mln so‘m. Ko‘rilgan zarar summasi 21 mln. so‘m. Har bir sug‘urta
kompaniyasi qanchadan miqdorda sug‘urta qoplamasi to‘lashini hisoblang?
2.Masala. Haydovchining ish stajidan kelib chiqqan
holda tarif stavkalari
quyidagicha (sug‘urta summasiga nisbatan foizda): 1 yilgacha 5.8 %, 1 yildan 5
yilgacha – 3.6 %, 5 yildan 10 yilgacha – 2.9 %.Agar transport korxonasida 1
yilgacha staj bilan ishlayotgan haydovchilar -4 kishi, 1 yildan 5 yilgacha staj bilan
ishlayotgan haydovchilar – 3 kishi, 5 yilda 10 yilgacha
staj bilan ishlayotgan
haydovchilar 2 kishi bo‘lsa ixtiyoriy sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta
mukofoti hajmini aniqlang. Har bir haydovchi uchun sug‘urta summasi 5 mln
. so‘m.
3.Masala. Korxona bankdar 15 mln. kreditni yillik 24 foiz ustama bilan 8 oy
muddatga oldi va bank oldidagi o‘z javobgarligini sug‘urta
kompaniyasida
sug‘urta qildi. Sug‘urtalovchining javobgarligi 60 foiz., tarif stavkasi 2,5 foiz.
Sug‘urta summasi va sug‘urta mukofotini hisoblang?
4.Masala. 60 mln. qiymatga ega bo‘lgan bitta ob’ekt bitta sug‘urta
shartnomasi bilan uchta sug‘urtalovchi tomonidan sug‘urtalandi.
Bunda birinchi
sug‘urtachi 25 mln. so‘mlik
javobgarlikni, ikkinchi sug‘urtachi 20 mln. so‘mlik
javobgarlikni va uchinchi sug‘urtachi 15 mln. so‘mlik javobgarlikni o‘z zimmasiga
oldi. Sug‘urta hodisasi yuz berishi natijasida ob’ektga 18 mln. so‘mlik zarar etdi.
Har bir sug‘urtalovchi tomonidan to‘lanadigan sug‘urta
qoplamasi hajmini
aniqlang?
Do'stlaringiz bilan baham: