O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti
Download 2.42 Mb. Pdf ko'rish
|
5.
Masala . Iste’mol tovarlari bilan savdo qiluvchi do‘konda 20 iyun kuni yong‘in yuz berib tovarlarga zarar etdi.1 iyun kuni do‘konda 35 mln. so‘mlik tovar mavjud edi. 1 130 iyundan 20 iyunga qadar 28 mln. so‘mlik tovar kelib tushgan, kassadan 32 mln. so‘mlik naqd pul bankka topshirilgan, 6 mln. so‘m kassada mavjud.joriy yo‘qotishlar 12 ming so‘m. 1) Yong‘indan keyin saqlab qolingan tovarlar hisoblab chiqilganda 20 mln. 36 ming so‘mlik tovar qolganligi ma’lum bo‘ldi. Muomala xarajatlari – 10%, savdo qo‘shimchasi -25%. Mulklarni saqlab qolish va tartibga keltirish xarajatlari – 86 ming so‘m. Sug‘urta summasi sug‘urta shartnomasi tuzilgan vaqtdagi tovarlarning haqiqiy qiymatiga nisbatan 70%. Sug‘urtalanuvchining zararini va sug‘urta qoplamasi hajmini aniqlang? 6.Masala. Kredit shartnomasiga ko‘ra jami kredit summasi 20 mln. so‘m bo‘lib, yillik 18 foiz bilan 8 oyga berilgan. Sug‘urta tarifi sug‘urta summasiga nisbatan 2,5 foiz. Sug‘urtalovchining javobgarlik chegarasi – 90 %. Kredit oluvchi olgan kreditini o‘z vaqtida to‘lay olmadi. Sug‘urta mukofoti, zarar va sug‘urta qoplamasining hajmini aniqlang? 8.Masala. Kredit shartnomasiga ko‘ra olingan jami kredit summasi 25 mln. so‘m bo‘lib, yillik 20 foiz bilan 10 oyga berilgan. Sug‘urta tarifi sug‘urta summasiga nisbatan 2,4 foiz. Sug‘urtalovchining javobgarlik chegarasi – 80 %. Kredit oluvchi olgan kreditini o‘z vaqtida to‘lay olmadi. Sug‘urta mukofoti, zarar va sug‘urta qoplamasining hajmini aniqlang? 9.Masala. Korxonaning 25 mln. so‘mlik mulki 1 yil muddatga bir yo‘la ikkita sug‘urta kompaniyasida sug‘urtalangan bo‘lib, birinchi sug‘urta kompaniyasida tuzilgan sug‘urta shartnomasining sug‘urta summasi 12 mln. so‘m va ikkinchi sug‘urta kompaniyasida tuzilgan sug‘urta shartnomasining sug‘urta summasi 15 mln so‘m. Ko‘rilgan zarar summasi 21 mln. so‘m. Har bir sug‘urta kompaniyasi qanchadan miqdorda sug‘urta qoplamasi to‘lashini hisoblang? Download 2.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling