O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   132
 
 


G’ 







CH



133 
GLOSSARIY 
Abandon 

to‘liq miqdordagi sug‘urta summasini olish uchun 
sug‘urtalanuvchining sug‘urtalangan mol-mulkdan sug‘urtalovchining foydasiga 
voz kechishi (sug‘urtalangan kema nobud bo‘lganda, u xabarsiz yo‘qolganda, 
kema yoki yuk qaroqchilar tomonidan bosib olinganda). Abandon to‘g‘risidagi 
ariza voqea-xodisa ro‘y bergandan keyin olti oy mobaynida berilishi kerak. Ayrim 
chet mamlakatlar qonunchiligida abandon sug‘urtalanuvchining bir tomonlama 
akti hisoblanadi. Faqat, Angliya qonunchiligida abandon uchun sug‘urtalovchining 
roziligi talab etiladi.
Avariya komissari - sug‘urta kompaniyasining vakolatiga ega bo‘lgan 
jismoniy yoki yuridik shaxs. Sug‘urtalangan kema yoki yuk bo‘yicha ko‘rilgan 
zararning xarakteri va miqdorini aniqlaydi, hodisa ro‘y berganlik sabablarini 
o‘rganadi. Sug‘urta kompaniyasi avariya komissarining chet elda ham, mamlakat 
ichkarisida ham tayinlashi mumkin. Avariya komissarining yuridik manzili, telefon 
va teleks raqamlari sug‘urta kompaniyasi tomonidan beriladigan sug‘urta polisida 
ko‘rsatiladi. Sug‘urtalanuvchi sug‘urta xodisasi ro‘y berishi zahoti avariya 
komissariga 
murojaat 
qilishi 
zarur. 
Avariya 
komissari 
mol-mulkning 
zararlanganlik darajasini aniqlaydi va sug‘urta kompaniyasining topshirig‘iga 
asosan, ko‘rilgan zararni qisman qoplashi mumkin. Avariya komissari bajarilgan 
ishlar to‘g‘risida sug‘urta kompaniyasi uchun avariya sertifikati tuzadi yoki unga 
yozma axborot tayyorlaydi. 
Avariya sertifikati - mol-mulk sug‘urta xodisasi tufayli zararlanganda, 
ko‘rilgan zararning miqdori va xarakterini tasdiqlovchi hujjat. Avariya sertifikati 
avariya komissari (adjaster) tomonidan tuziladi va tegishli komissiya xaqi hisobiga 
sug‘urtalanuvchiga taqdim etiladi. Avariya sertifikati sug‘urtalanuvchining 
sug‘urta qoplamasini olish to‘g‘risidagi arizasiga ilova etiladi va qoplamani 
to‘lashda sug‘urta kompaniyasiga asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Addendum - ilgari tuzilgan sug‘urta va kayta sug‘urtalash shartnomasiga 
tomonlarning o‘zaro kelishuvi bilan qo‘shimchalar kiritish. 


134 
Adjaster - sug‘urta xodisasi ro‘y berishi munosabati bilan sug‘urtalanuvchi 
tomonidan bildirilgan e’tirozni tartibga solishda sug‘urta kompaniyasining 
manfaatlarini himoya etuvchi jismoniy yoki xuquqiy shaxs. U sug‘urtalanuvchi 
bilan unga to‘lanadigan sug‘urta qoplamasi miqdorini kelishishga harakat qiladi. 
Adjaster sug‘urta xodisasini ro‘y berish sabablarini o‘rganadi va tahlil etadi. Ushbu 
tahlil natijalari bo‘yicha sug‘urta kompaniyasiga ekspert xulosasini tuzadi hamda 
avariya 
komissari 
funksiyasini 
bajaradi. 
Adjaster 
vazifasini 
sug‘urta 
kompaniyasining tarkibiy bo‘limi yoki ixtissoslashgan tashkilot amalga oshirishi 
mumkin. 
Aktuariy - lotin tilidan tarjima qilganda hisobchi degan ma’noni bildiradi. 
Aktuar hisob-kitoblar nazariyasini o‘zlashtirib olgan sug‘urta matematikasi 
sohasidagi mutaxassis. U sug‘urta tariflarini hisoblash va metodologiyasini ishlab 
chiqish, uzoq muddatli sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta zahiralarini shakllantirish 
bilan bog‘liq hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan shug‘ullanadi. Hozirgi paytda 
Angliyada aktuariylar instituti faoliyat ko‘rsatmoqda. Aktuariylarning xalqaro 
uyushmasi mavjud. 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling