Sanoat xavfsizligida expertlar vazifalari


Download 29.69 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi29.69 Kb.
#1522886
  1   2
Bog'liq
Sanoat xavfsizligi sohasida expert tashkilotlari. Expertlar assa


SANOAT XAVFSIZLIGI SOHASIDA EXPERT TASHKILOTLARI AKKREDITATSIYASI
REJA:
1.Sanoat xavfsizligida expertlar vazifalari
2.Sanoat xavfsizligida expertlarning tutgan o’rni
3.Expertlar assotsiyasi

SANOAT XAVFSIZLIGIDA EXPERTLAR VAZIFALARI
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 39-son, 386-modda) hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2008-yil, 50-son, 496-modda) muvofiq sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirish tartibini hamda ekspertiza xulosasini rasmiylashtirishga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
akkreditatsiya attestati — akkreditatsiya qilingan ekspert tashkilotlarining sanoat xavfsizligi ekspertizasi bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish vakolatini tasdiqlaydigan rasmiy hujjat;
buyurtmachi — sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshirishga ariza bilan murojaat qilgan tashkilot;
sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert (keyingi o‘rinlarda ekspert deb yuritiladi) — sanoat xavfsizligi ekspertizasini amalga oshiradigan attestatsiyadan o‘tkazilgan mutaxassis;
sanoat xavfsizligi ekspertizasi (keyingi o‘rinlarda ekspertiza deb yuritiladi) — ekspertiza obyektining unga qo‘yiladigan sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini baholash;
xavfli ishlab chiqarish obyektida ishlatiladigan texnik qurilmalar — xavfli ishlab chiqarish obyektida ishlatiladigan jihoz, uskuna, mexanizm, agregat, asbob va shu kabilar bo‘lib, ulardan foydalanish xavfli ishlab chiqarish obyektlaridagi avariya yoki noxush hodisalarga olib kelishi mumkin;

Download 29.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling