142
Bir qancha sug‘urta kompaniyalari tarkibidan bittasi
yetakchi sifatida ajralib
chiqadi va u sug‘urta shartnomasidagi shartlarni ma’qullab, riskning tegishli
qismini o‘z javobgarligiga oladi. Keyin, broker boshqa sug‘urta kompaniyalariga
murojaat qilib, riskning qolgan qismini ham joylashtiradi.
Raqobat - sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta bozoridagi o‘z
ulushini
egallashi uchun o‘zaro iqtisodiy musobaqasi. Raqobat sug‘urtalanuvchi uchun
sug‘urta kompaniyalarini tanlab olishlarida ko‘mak beradi. Raqobat sug‘urta
xizmatini kengayishida va ularning sifatini oshishida muhim ahamiyatga ega. Bir
sug‘urta xizmatini ko‘rsatayotgan bir necha sug‘urta kompaniyalari raqobat
sharoitida mijozlarni jalb etish uchun ularga sug‘urta
shartnomalarini tuzishda,
sug‘urta mukofotlarini to‘lashda va sug‘urta qoplamalarini qisqa muddatlarda
to‘lashda imkoniyat yaratadi.
Retrotsedent- qabul qilib olingan qayta sug‘urtalash riskini retrotsessiyaga
(ikkinchi qayta sug‘urtalash) beruvchi sug‘urta yoki qayta sug‘urtalovchi
kompaniya.
Do'stlaringiz bilan baham: