O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   132
Proporsional qayta sug‘urtalash- qayta sug‘urtalash shartnomasini tuzish 
shakli. Bu yerda qayta sug‘urtalash kompaniyasi sug‘urta mukofotlarini umumiy 
tushumidagi va sug‘urta koplamalarini to‘lashda o‘z ulushiga ega. Proporsional 
qayta sug‘urtalash shartnomalari kvotali, eksedentli va kvota-eksedentli 
shartnomalarini o‘z ichiga oladi. 
Risklarni joylashtirish-1) sug‘urta manfaati tufayli yuzaga keladigan 
sug‘urtaviy huquqiy munosabatlarning boshlanish jarayoni. Risklarni birlamchi, 
ikkilamchi va uchlamchi joylashtirish, teng ravishda sug‘urtalash, qayta 
sug‘urtalash va retrotsessiyaga to‘g‘ri keladi. Bozor munosabatlariga asoslangan 
iqtisodiyotda risklarni joylashtirish sug‘urta vositachilari orqali sug‘urta bozorida 
amalga oshiriladi; 2) sug‘urta brokeri yordamida bir vaqtning o‘zida yirik va xavfli 
risklarni qismlarga bo‘lib, bir nechta sug‘urta kompaniyasida sug‘urtalash uslubi. 


142 
Bir qancha sug‘urta kompaniyalari tarkibidan bittasi yetakchi sifatida ajralib 
chiqadi va u sug‘urta shartnomasidagi shartlarni ma’qullab, riskning tegishli 
qismini o‘z javobgarligiga oladi. Keyin, broker boshqa sug‘urta kompaniyalariga 
murojaat qilib, riskning qolgan qismini ham joylashtiradi. 
Raqobat - sug‘urta kompaniyalarining sug‘urta bozoridagi o‘z ulushini 
egallashi uchun o‘zaro iqtisodiy musobaqasi. Raqobat sug‘urtalanuvchi uchun 
sug‘urta kompaniyalarini tanlab olishlarida ko‘mak beradi. Raqobat sug‘urta 
xizmatini kengayishida va ularning sifatini oshishida muhim ahamiyatga ega. Bir 
sug‘urta xizmatini ko‘rsatayotgan bir necha sug‘urta kompaniyalari raqobat 
sharoitida mijozlarni jalb etish uchun ularga sug‘urta shartnomalarini tuzishda
sug‘urta mukofotlarini to‘lashda va sug‘urta qoplamalarini qisqa muddatlarda 
to‘lashda imkoniyat yaratadi. 
Retrotsedent- qabul qilib olingan qayta sug‘urtalash riskini retrotsessiyaga 
(ikkinchi qayta sug‘urtalash) beruvchi sug‘urta yoki qayta sug‘urtalovchi 
kompaniya. 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling