O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   132
Risklarni tanlash - sug‘urta shartnomasini tuzish bo‘yicha mijozlardan kelib 
tushgan takliflarni tahlil etishga qaratilgan sug‘urta kompaniyasining faoliyati. 
Sug‘urta kompaniyasining muvozanatlashgan sug‘urta portfelini shakllanishida 
risklarni tanlash iborasini amaliy jihatdan ishlatish muhimdir. Sug‘urta amaliyotida 
risklarni tanlash ishini syurveyerlar amalga oshiradi. Risklarni tanlash - bu risk 
menejment sohasida olib boriladigan chora - tadbirlarning bir qismidir. 
Riskni baholash - risk parametrlarini xarakterlovchi barcha riskli holatlarni 
natura va qiymat ko‘rinishida tahlil etish. Eng ahamiyatli belgisiga qarab tegishli 
risklar guruhi ajratilgan hamda u riskni baholash mezoni hisoblanadi. Masalan, 
shaxsiy sug‘urta shartnomasini tuzishda insonning yoshiga e’tibor beriladi. 
Sug‘urta shartnomasi tuzilgan momentdan, sug‘urtalanuvchining o‘limiga yoki 
nogiron bo‘lib qolishiga olib keluvchi xavfli kasalliklarni aniqlash maqsadida 
mijoz qo‘shimcha ravishda dastlabki tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilishi mumkin. 
Sug‘urta kompaniyalarida riskni baholash ishini syurveyerlar amalga oshiradi. U 


144 
sug‘urta ob’ekti bilan jiddiy tanishadi, har tomonlama tahlil etadi. Tahlil 
natijalariga muvofiq sug‘urtalanuvchi bilan sug‘urtaviy huquqiy munosabatlarga 
kirishishini maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida sug‘urta kompaniyasiga yozma 
xulosa beradi. 
Sug‘urta mukofotlari zahirasi- hayotni va nafaqani uzoq muddatli 
sug‘urtalash bo‘yicha to‘lovlarni oldindan to‘lash uchun sug‘urta kompaniyasida 
tashkil etiladigan fond. Bu fond sug‘urta operatsiyalarini moliyaviy barqarorligini 
ta’minlashda hamda sug‘urtalovchi zimmasidagi majburiyatlarni bajarishda muhim 
o‘rin tutadi. Hayot sug‘urtasi shartnomalari, odatda, bir necha yilga tuziladi. 
Sug‘urta mukoftlarini kelib tushish va sug‘urta summasini to‘lash vaqtlari o‘zaro 
to‘g‘ri kelmaganligi uchun, sug‘urta kompaniyasiga kelib tushgan sug‘urta 
mukofoti ma’lum vaqt mobaynida uning ixtiyorida bo‘sh xolda bo‘ladi. Kelib 
tushgan sug‘urta mukofotlarining bir qismi joriy to‘lovlar uchun sarflanadi, qolgan 
qismi esa zahira fondini shakllantirish uchun yunaltiriladi. Uzoq muddatli hayot 
sug‘urtasi bo‘yicha zahira fondining mablag‘lari kredit resursi sifatida 
foydalanilishi mumkin. 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling