O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   132
Kombinatsiyali sug‘urta - bir necha sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta 
qoplamasi sharti. 
Komissiya haqi - mijozlarni sug‘urtaga tortganligi uchun sug‘urta 
kompaniyasi tomonidan vositachilarga (sug‘urta brokeri, agent) to‘lanadigan haq. 
Komissiya haqining miqdori sug‘urtaning turiga va kelib tushgan badalning 
xajmiga bog‘liq holda sug‘urta badaliga nisbatan foizlarda to‘lanadi. 
Konosament - dengiz transportida yuklarni tashish shartlarini ifodalovchi 
xujjat. Konosament shartnoma mavjudligi faktini va yuk tashuvchini yukni qabul 
qilib olganligini tasdiqlovchi xo‘jjat. Konosamentga imzo chekishi bilan yukni 
saqlash, uni tegishli manzilga yetkazish mas’uliyati to‘laligiga yuk tashuvchi kema 
zimmasiga o‘tadi. Imzolangan konosamentning asl nusxasi sotib oluvchiga 
yuboriladi va ushbu xo‘jjat unga tegishi bilan sotib oluvchi yukning huquqiy egasi 
hisoblanadi. 
Kumulyatsiya- bir qancha yirik sug‘urta summali ob’ektlarning bitta sug‘urta 
hodisasi tufayli zarar ko‘rishi extimolligini nazarda tutuvchi sug‘urta risklarini 
yig‘indisi. 
Keptiv sug‘urta kompaniyasi- ta’sischilarning manfaatlarini sug‘urta 
himoyasiga oladigan yoki yirik konsern, korporatsiyalar, yirik sanoat-moliya 
guruhlari tarkibiga kiruvchi sug‘urta kompaniyasi. Raqobatdagi boshqa sug‘urta 
kompaniyalarini keptiv sug‘urta kompaniyasi mavjud bo‘lgan tarmoqqa kirishi 
murakkabroq hisoblanadi. O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan keptiv sug‘urta 
kompaniyalariga - «ALSKOM», «Universal sug‘urta» sug‘urta kompaniyalarini 
misol keltirish mumkin. 
Lloyd
1) 
Angliyadagi 
xalqaro 
sug‘urta 
bozori; 
Angliyadagi 
sug‘urtalovchilarning korporatsiyasi, taxminan 1734 yilda tashkil etilgan. Hozirgi 


140 
paytda Lloydga 22000 dan ortiq a’zo bor. Uning faoliyati Angliya parlamenti 
qabul qilgan maxsus qonun bilan tartibga solinadi. Lloyd sug‘urtani barcha 
turlarini amalga oshiradi. Lloyd a’zolari 279 sindikatga birlashgan bo‘lib, sindikat 
faoliyati 
uchun 
anderrayterlar 
javob 
beradi. 
Anderrayterlar 
bilan 
sugurtalanuvchilarni sugurta vositachilari birlashtiradi. Sugurta vositachilari Lloyd 
bozorida risklarni joylashtiradi. Anderrayterlar sugurta shartnomasi buyicha javob 
berish uchun yirik miqdordagi pul mablag‘larini korporatsiyaga depozit sifatida 
qo‘yadi. 
Tibbiy sug‘urta- aholi sog‘lig‘ini himoya qilish vositalaridan biri. Sug‘urta 
hodisasi ro‘y berishi munosabati bilan, sug‘urta polisi orqali bepul tibbiy xizmat 
ko‘rsatilishi. Tibbiy xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlarni sug‘urta 
kompaniyasi to‘laydi. Tibbiy sug‘urta majburiy yoki ixtiyoriy bo‘ladi.
Mulkiy sug‘urta - turli ko‘rinishdagi mol-mulklarni saqlash bilan bog‘liq 
manfaatlar sug‘urta munosabatlarining ob’ekti hisoblangan, sug‘urtaning mustaqil 
tarmog‘i. Sug‘urtalanuvchining shaxsiy mulki, uning qaramog‘ida joylashgan mol-
mulklar sug‘urtalanishi mumkin. Sug‘urtalanuvchi sifatida, nafaqat mol-mulkning 
sohiblari, balki mol-mulkning saqlanishi uchun mas’uliyatli bo‘lgan jismoniy va 
yuridik shaxslar ham bo‘lishi mumkin. 
Netto-stavka- brutto-stavkaning asosiy tarkibiy qismi. Netto-stavka sug‘urta 
qoplamasini to‘lashga mo‘ljallangan pul mablag‘lari resurslari bo‘lib, u brutto-
stavkaning 90 foizigacha miqdorini tashkil etadi. 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling