O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   132
Sug‘urta qoplamasi - mulkiy sug‘urtada va sug‘urtalanuvchining uchinchi 
shaxs oldida fuqarolik javobgarligini sug‘urtasida zararni qoplash uchun sug‘urta 
fondidan to‘lanadigan pul mablag‘i. Sug‘urta qoplamasi sug‘urta summasiga teng 
yoki undan kam bo‘lishi mumkin. Sug‘urta hodisasi ro‘y berganlik xolati va shakli 
bo‘yicha adjaster yoki avariya komissarining xulosasi sug‘urta kompaniyasi 
tomonidan sug‘urta qoplamasi to‘lanishida asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Sug‘urta manfaati - sug‘urtada moddiy manfaatdorlik chorasi. Sug‘urta 
hodisasi ro‘y berishi natijasida sug‘urtalanuvchiga moddiy zarar keltiruvchi 
predmetlar - mol-mulk yoki sug‘urtalanuvchining uchinchi shaxsga zarar keltirish 
xolatlari. Masalan, sug‘urtalanuvchining avtomobil transporti yo‘l-transport 
hodisalari tufayli shikastlanganda, sug‘urtalanuvchida ushbu mulkka nisbatan 
manfaatdorlik yuzaga keladi va sug‘urta moddiy manfaatdorlik chorasi sifatida 
maydonga chiqadi. 
Sug‘urta yig‘imi - Jismoniy shaxsning yo‘lovchilarning majburiy sug‘urta 
bo‘yicha bir marta to‘lanadigan sug‘urta mukofoti. Odatda, sug‘urta yig‘imi yo‘l 
haqi tarkibida bo‘ladi va chiptada sug‘urta yig‘imi «kiritilgan» degan so‘z bo‘ladi. 
Slip - riskni xarakterlovchi xujjat. Slip sug‘urta brokeri tomonidan tuziladi va 
anderrayterga beriladi. Slipda sug‘urta kompaniyasining riskni sug‘urtalashdagi 
hissasi ko‘rsatiladi. Angliyada slip sug‘urta polisiga tenglashtiriladi. Ayrim 
holatlarda slip sug‘urta qoplamasini to‘lashda asosiy xujjat hisoblanadi. 
Sug‘urta kompaniyasi- sug‘urta shartnomasini tuzish va unga xizmat 
qilishni amalga oshiruvchi, sug‘urtalanuvchi bilan huquqiy munosabatda bo‘luvchi 
yuridik shaxs. U o‘z Nizomi asosida faoliyat yurituvchi mustaqil xo‘jalik 


149 
sub’ektidir. 
Tegishli 
iqtisodiy 
muhitda 
faoliyat 
yurituvchi 
sug‘urta 
kompaniyalarining 
yig‘indisi sug‘urta tuzimini tashkil etadi. Sug‘urta 
kompaniyalari bajaradigan sug‘urta operatsiyalariga ko‘ra, ular universal va 
ixtisoslashgan bo‘ladi. Ustav kapitali miqdori hamda kelib tushgan sug‘urta 
mukofotlari hajmiga muvofiq, sug‘urta kompaniyalarini yirik, o‘rta va kichik 
guruxlarga bo‘lish mumkin. 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling