O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   132
Sug‘urtalovchilar uyushmasi - sug‘urta faoliyatini muvofiqlashtirish, 
uyushma a’zolarining manfaatini davlatning qonun chiqaruvchi va ijroiya organlari 
oldida himoya etish hamda mahalliy sug‘urta kompaniyalari va xorijiy sug‘urta 
kompaniyalari o‘rtasida o‘zaro foydali aloqalarni o‘rnatish maqsadida tashkil 
etiladigan sug‘urta kompaniyalarining uyushmasi. Bunga o‘zaro sug‘urtalash 
jamiyatlarini xalqaro uyushmasini, texnik risklarni sug‘urtalovchi kompaniyalar 
ittifoqini, Buyuk Britaniya sug‘urtalovchilar uyushmasini misol keltirish mumkin. 
Hozirgi paytda O‘zbekistonda sug‘urtalovchilar uyushmasi tashkil etilmagan. 
Faqat, avtosug‘urtalovchilar ittifoqi faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Sug‘urta qoplamasi limiti - sug‘urta kompaniyasining filiali, bo‘limi, shu’ba 
korxonasi tomonidan bitta sug‘urta hodisasi bo‘yicha mustaqil to‘lanadigan 
sug‘urta qoplamasining eng yuqori miqdori. Bu miqdorni sug‘urta kompaniyasi 
boshqaruvi joylardagi sug‘urta summasining zararlilik darajasidan, kadrlarning 
malakasidan va boshqa omillardan kelib chiqqan holda belgilaydi. 
Sug‘urtalovchining javobgarlik limiti - tuzilgan sug‘urta shartnomasidan 
kelib chiqqan holda belgilanadigan sug‘urta kompaniyasining mumkin bo‘lgan eng 
yuqori darajadagi javobgarligi. Sug‘urtalovchining javobgarlik limiti sug‘urta 
polisida o‘z aksini topadi. 
Sug‘urtani turkumlash (klassifikatsiyalash) - 1) sug‘urta turlarini 
iyerarxiya ko‘rinishida tarmoqlarga, tarmoqchalarga va turlarga bo‘linishi. Bunda 
har bir keyingi bo‘g‘in oldingi bo‘g‘inning bir qismi shaklida ifodalanadi. Sug‘urta 
ob’ekti sug‘urtaning toifasi, sug‘urta javobgarligining hajmi va sug‘urta qismining 
shakli sug‘urtani turkumlashning asosiy mezoni bo‘lib hisoblanadi. 2) xorij 
amaliyotida sug‘urta turlarini tartiblashtirilgan tizimi. Hozirgi vaqtda Yevropa 
Ittifoqi davlatlarida sug‘urtaning yagona klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan va 
hayotga joriy etilgan. 


152 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling