O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   132
Sug‘urtaviy tibbiyot- turli kasalliklardan majburiy sug‘urtani nazarda 
tutuvchi sog‘liqni saqlash ishini tashkil etish shakli. Sug‘urtaviy tibbiyot bo‘yicha 
sug‘urta fondi ishchi-xodimlarning ish haqidan, tadbirkorlarning foydasidan, 
davlat dotatsiyasi hisobidan hamda xayr-ehson fondlarining majburiy ajratmasi 
hisobidan shakllanadi. Sug‘urtaviy tibbiyot bo‘yicha sug‘urtalangan kontingentga 
tibbiy sug‘urta polisi beriladi. Sug‘urtalanuvchiga tibbiy sug‘urta polisi bo‘lgan 
taqdirda tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. Bunda tibbiy sug‘urta kompaniyasi, bir 
tomondan sug‘urtalanuvchilar bilan, ikkinchi tomondan tibbiyot muassasalari bilan 
shartnoma tuzadi. 
Sug‘urta bahosi - sug‘urtalash maqsadida aniqlanadigan mol-mulkning 
qiymati. Amaliyotda mol-mulklar haqiqiy qiymati, bozor qiymati va boshqa 
qiymatlar vositasida baholanadi. Zarur hollarda sug‘urta bahosini to‘g‘ri hisoblash 
uchun malakali ekspertlar jalb etiladi. Sug‘urta bahosi to‘g‘risidagi haqiqiy 
ma’lumot ta’rif stavkasi va sug‘urta mukofoti miqdorini aniqlashda muhim 
ahamiyatga ega. Amaldagi qonunchilikka binoan, sug‘urta summasi mol-mulkning 
sug‘urta bahosidan oshib ketmasligi zarur. 
Sug‘urta tizimi - 1) turli xil sug‘urta kompaniyalari va ularni sug‘urta 
nazorati bilan aloqadorligini yig‘indisi: 2) sug‘urta huquqiy munosabatlarni tashkil 
etishning davlat - huquqiy shakli. 
Sug‘urta summasi - sug‘urta manfaati va sug‘urta riskiga mos keluvchi pul 
mablag‘i. Xalqaro amaliyotda sug‘urta summasi sug‘urta qoplamasi deyiladi. 
Sug‘urta summasiga nisbatan sug‘urta mukofoti aniqlanadi va sug‘urta qoplamasi 
to‘lanadi. Sug‘urta summasi iborasi, ko‘proq, shaxsiy sug‘urtada - fuqarolarning 
hayoti, sog‘lig‘ini sug‘urtalashda ishlatiladi. 


150 
Sug‘urta maydoni - sug‘urtaga tortilishi zarur bo‘lgan ob’ektlarning eng 
katta soni. Ayrim ekspertlar xulosasiga ko‘ra, O‘zbekistonda sug‘urta maydoni hali 
to‘la o‘zlashtirilmagan. Faqat mol-mulklarning 20-30 foizigina sug‘urtaga 
tortilgan. 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling