O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   132
Sug‘urta summasining zararliligi - sug‘urta summasi va sug‘urta 
koplamasi to‘lovi o‘rtasidagi nisbatni xarakterlovchi iqtisodiy ko‘rsatkich. Bu 
ko‘rsatkich zarar miqdori ehtimolligini ko‘rsatadi va undan riskni o‘zgarishi 
ustidan nazorat o‘rnatishda foydalaniladi. Sug‘urta summasining zararlilik 
ko‘rsatkichi quyidagi omillar ta’siri ostida shakllanadi: sug‘urtalangan ob’ektlar 
soni va ularning sug‘urta summasi, sug‘urta xodisalarining soni, zarar ko‘rgan 
ob’ektlar soni va sug‘urta qoplamasi. Sug‘urta summasining zararlilik ko‘rsatkichi 
netto-stavka tuzilishiga qarab har bir sug‘urta turi yoki javobgarlik turi bo‘yicha 
aniqlanadi. Agar zararlilik ko‘rsatkichi netto-stavkaga yaqinlashsa yoki undan 
oshib ketsa, bu holda sug‘urta summasining zararlilik ko‘rsatkichi yuqori darajada 
ekanliligidan dalolat beradi. 
Sug‘urta huquqi- sug‘urtalovchilar, sug‘urtalanuvchilar va ular o‘rtasidagi 
vositachilarning hatti-harakati qoidalari yig‘indisi. Sug‘urta xuquqi qonun va 
qonun xujjatlarida o‘z aksini topadi. Sug‘urta huquqi moliyaviy huquqning bir 
qismi hisoblanadi. 
Sug‘urta hodisasi - stixiyali, tabiiy yoki oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan 
voqea-hodisalarning amalda yuz berishi. Sug‘urta hodisasi yuzaga kelgan zarar 
sug‘urta kompaniyasi tomonidan shartnomaga muvofiq qoplanadi. Mulkiy 
sug‘urtada sug‘urta hodisasi deyilganda, stixiyali hodisalar, yong‘in, avariya, 
portlash, zilzila, dovul va boshqalar tushuniladi. Shaxsiy sug‘urtada esa sug‘urta 
hodisasiga fuqarolarning ma’lum bir muddatgacha yashashi, ularning xayotida 
baxtsiz hodisalarning ro‘y berishi yoki o‘limi kiradi. Xalqaro amaliyotda sug‘urta 
hodisasi ba’zan «fors-major» deb yuritiladi. 
Sug‘urta hodisalari chastotasi - inshootlarni yonish darajasini, transport 
vositalarini avariya bo‘lish darajasini, aholi nogironligi darajasi va shunga 
o‘xshash darajalarni ifodalovchi ko‘rsatkich. Sug‘urta hodisalari sonini sug‘urta 


151 
qoplamalari miqdoriga yoki sug‘urtalangan ob’ektlar miqdoriga nisbati sug‘urta 
hodisalari chastotasini aniqlaydi. 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling