O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   132
Ehtimollar nazariyasi - tasodifiy hodisalarning ehtimolligi bo‘yicha o‘zaro 
aloqada bo‘lgan boshqa hodisalarning ehtimolligini aniqlash bilan bog‘liq 
matematika fani. Ehtimollar nazariyasi asosida tasodifiy hodisalarning ruy berish 
ehtimolligi katta yoki kichik ekanligi aniqlanadi. Ehtimollar nazariyasi aktuar 
hisob-kitoblarni amalga oshirishda muhim vosita hisoblanadi. 
Qayta sug‘urtalash - sug‘urtalashga riskni qabul qilish bilan bog‘liq 
iqtisodiy munosabatlar tizimi (risklarni birlamchi joylashtirish); sug‘urtalovchi 
muvozanatlashgan sug‘urta portfelini yaratish va sug‘urta operatsiyalarini 
moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida qabul qilib olingan riskni bir 
qismini o‘zaro kelishilgan holda boshqa sug‘urtalovchiga berishi (riskni ikkilamchi 
joylashtirish). Qayta sug‘urtalash operatsiyalarini sug‘urta kompaniyalar bilan bir 
qatorda asosan, ixtisoslashgan qayta sug‘urtalash kompaniyalari amalga oshiradi. 
Qayta sug‘urtalash aktiv (riskni berish) va passiv (riskni qabul qilib olish) 
ko‘rinishda bo‘ladi. Bundan tashqari, qayta sug‘urtalash proporsional va 
noproporsional 
bo‘ladi. 
Proporsional 
qayta 
sug‘urtalashda, 
qayta 
sug‘urtalovchining berilgan risk bo‘yicha ulushi tsedentning o‘z javobgarligiga 
qoladigan qismi aniq bo‘lgandan so‘ng aniqlanadi. Noproporsional qayta 
sug‘urtalashda riskni berish tegishli limit doirasida amalga oshiriladi. Bu holda 


154 
qayta sug‘urtalovchi tsedentdan sug‘urta mukofotining bir qismini oladi 
(proporsional qayta sug‘urtalashdagidek sug‘urta summasiga muvofiq keladigan 
sug‘urta mukofotini emas). 
Qayta sug‘urtalovchi broker - ikkita sug‘urta kompaniyasi o‘rtasidagi 
professional vositachi. 
Qayta sug‘urtalovchi - sug‘urta brokeri yordamida qayta sug‘urtalash 
uchun riskni qabul qilib oladigan jismoniy yoki yuridik shaxs. Qayta 
sug‘urtalovchi yordamida riskni ikkilamchi taqsimlash amalga oshiriladi. Qayta 
sug‘urtalovchi sifatida sug‘urta kompaniyasi ham bo‘lishi mumkin. Jahondagi eng 
yirik qayta sug‘urtalovchilar guruhiga Myunxen qayta sug‘urtalash jamiyati
Shveysariya qayta sug‘urtalash jamiyati, Kyoln qayta sug‘urtalash jamiyatlari 
kiradi. 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling