Sug‘urta tarifi tushunchasi. Aktuar hisoblarda ehtimollar nazariyasi qonuniyatlaridan foydalanish
Download 29.64 Kb.
|
1 2
Bog'liqmavzu 5
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xususan, tariflarni belgilashda har bir shartnoma bo‘yicha quyidagi
- Xususan, bunday uslubiyat
REJA: Sug‘urta tarifi tushunchasi. Aktuar hisoblarda ehtimollar nazariyasi qonuniyatlaridan foydalanish. 3.Sug‘urta tarif stavkasining tuzilishi va tarkibi. . Risklar transferini funksional mazmun-mohiyatiga ko‘ra o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan sug‘urta xizmatlarini tashkil etish hamda ularni ko‘rsatish sa’y-harakatlari majmuasi, deb ta’kidlash mumkin. Mazkur faoliyatning asosiy maqsadi iqtisodiyot sub’ektlarining talablariga ko‘ra, ularni sug‘urta risklaridan himoyasini ta’minlashga qaratilgandir. Bu jarayonda risklar yuz berishi oqibatida ko‘rilishi ehtimol bo‘lgan zararlarni qoplashda sug‘urta tizimi barqarorligini ta’minlashning ahamiyati ortmoqda. SHunga ko‘ra, risklar transferida tariflarni optimal darajada belgilash sug‘urta tizimi barqarorligini ta’minlashning muhim omili sifatida qaralmoqda. Risklar transferida tariflarni belgilash qator uslubiyatlarga, xususan, ehtimollik nazariyasiga binoan sug‘urtachilarda shakllantirilgan ma’lumotlar bazasiga asoslangandir. Xususan, tariflarni belgilashda har bir shartnoma bo‘yicha quyidagi: - sug‘urta hodisasi yuz berishi ehtimoli; - sug‘urta mukofotining o‘rtacha kattaligi; - to‘lanishi ehtimol bo‘lgan sug‘urta qoplamasining o‘rtacha summasi kabi omillar e’tiborga olinadi. Risklar transferi bo‘yicha tariflarni aniqlash uslubiyatlarida ob’ektlarning o‘ziga xosligi to‘liq aks etmagan. SHuni ta’kidlash kerakki, tariflarni belgilashda unga ta’sir etuvchi qator omillar qat’iy e’tiborga olingan uslubiyatning samarasi kutilgan darajada bo‘lishi mumkin. Xususan, bunday uslubiyat: - sug‘urta ob’ektlarini tasniflash (guruhlash); - har bir guruhning o‘ziga xos tomonlarini aniqlashtirish; - o‘ziga xos xususiyatlarni son jihatdan baholash uslubiyatini ishlab chiqish; - har bir guruh ob’ektlarining umumiy tomonlarini aks ettirgan ma’lumotlar bazasini shakllantirish; - tariflarini hisoblashning dasturiy ta’minotini yo‘lga qo‘yish kabi bir qator sa’y-harakatlarni amalga oshirishni talab etadi. Hozirga qadar, sug‘urta amaliyotida majburiyatlar hajmi, erkin aktivlarning tuzilishi va bahosi, moliyaviy kafillik ta’minlanganligi, sug‘urta portfelining ratsional shakllanishi bilan bog‘liq bo‘lgan risklar taqsimoti, sug‘urta zaxiralari shakllantirilishi borasida yagona bir konsepsiya ishlab chiqilmagan. SHu bois sug‘urta tashkilotlari bu muammolarni empirik tarzda hal etishga majbur bo‘lmoqda. Har qanday sug‘urta turi bo‘yicha tariflar hisob-kitobi (aktuar hisob-kitoblar)da aniq sug‘urta ob’ektining qiymati hisoblab chiqiladi. Umuman aktuar hisob-kitoblar yordamida sug‘urta xizmatini hamda sug‘urtachi tomonidan sug‘urtalanuvchiga ko‘rsatiladigan xizmatining qancha turishi aniqlanadi. Sug‘urtani amalga oshirish xarajatlarini hisoblash «aktuar kalkulyasiya» (actuary) deb ataladi. Uning yordamida shartnoma bo‘yicha sug‘urta mukofotlari hamda sug‘urtachining ish yuritish xarajatlari summasi, ya’ni mazkur xizmat tannarxi hisoblab chiqiladi. Sug‘urta faoliyatida aktuar hisob-kitoblarning o‘ziga xos tomonlari ham mavjud va ular quyidagi holatlarda namoyon bo‘ladi: - baholanayotgan risk doimo ehtimollik xarakteriga ega bo‘lishi; - ayrim yillarda umumiy qonuniyatga zid turkum tasodifiy hodisalar yuz berishi, ularning ta’siri, o‘z navbatida, sug‘urta tashkilotidan talab etiladigan sug‘urta qoplamasi to‘lovi summasining sezilarli o‘zgarishini taqozo etishi; - sug‘urtachi tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat tannarxi sug‘urta munosabatlari yig‘indisidan keltirilib chiqarilishi; - sug‘urtachi ixtiyorida bo‘ladigan maxsus zaxirani ajratish, uning optimal hajmini aniqlash talab etilishi; - sug‘urta shartnomalari ko‘rsatkichlarini (inglizcha «storno») bashorat qilish hamda ular bo‘yicha ekspert bahosi talab etilishi; - qarz (ssuda) foizlari me’yorlarini va aniq vaqt oralig‘ida ularning o‘zgarish an’analarini tadqiq etish taqozo etilishi; - sug‘urta hodisasi bilan bog‘liq holda to‘liq yoki qisman zararlar yuzaga kelishi hamda ular kattaligining kenglik va vaqtda taqsimlanishiga maxsus jadvallar yordamida o‘zgartirishlar kiritish talabi namoyon bo‘lishi; - ekvivalentlik tamoyiliga amal qilish, ya’ni sug‘urta mukofotlari va sug‘urta tashkiloti tomonidan tarif davrida ko‘rsatilayotgan sug‘urta ta’minoti o‘rtasida o‘zaro tenglik o‘rnatilishi taqozo etilishi; - umumiy sug‘urta doirasida risklarni aniqlashtirish va ularni guruhlash talab etilishi kabilar. Sug‘urta mukofotlarining stavkalari tarif davri uchun hisoblab chiqiladi, ya’ni tarif hisoblari asosida belgilangan davr uchun ekvivalentlik ta’minlanadi. SHunday qilib, har qanday sug‘urta turi bo‘yicha tarif stavkasi brutto-stavka sifatida qaraladi va u ikki qismdan: netto-stavka (sug‘urta qoplamasi to‘lovlari uchun zaxira summasi) va sug‘urtachining faoliyat yuritish xarajatlaridan (odatda u «yuk» deb ataladi) iborat bo‘ladi. Brutto-stavkada bu ikkala qismning nisbati, ularning mohiyatidan kelib chiqib, turlicha foizlarda belgilanishi mumkin. Netto-stavka brutto-stavkaning asosini tashkil etadi va uning hissasiga, sug‘urta turiga qarab, 60-95 foizgacha ulush to‘g‘ri kelishi mumkin. «YUk» hisobiga esa, shunga mos ravishda odatda 5-40 foiz ulush belgilanadi. Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha qancha sug‘urta turi sug‘urtalanayotgan bo‘lsa, netto-stavka ham shuncha qismdan iborat bo‘ladi. Masalan, hayotni aralash sug‘urtalash bo‘yicha netto-stavka belgilangan davrgacha yashaganligi uchun, o‘lim holati yuz berganligi uchun, mehnat faoliyatini yo‘qotish holati uchun kabi netto-stavkalardan tashkil topadi. Download 29.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling