O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   132
 
 
 
 
 


157 
ILOVALAR 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 
SUG‘URTA FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA 
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi 
Ushbu Qonunning maqsadi sug‘urta faoliyati sohasidagi munosabatlarni 
tartibga solishdan iborat. 
2-modda. Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari 
Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa 
qonun hujjatlaridan iboratdir. 
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston 
Respublikasining sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda 
tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari 
qo‘ll-aniladi. 
3-modda. Sug‘urta hamda sug‘urta faoliyati 
Sug‘urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to‘laydigan sug‘urta 
mukofotlaridan 
shuningdek 
sug‘urtalovchining 
boshqa 
mablag‘laridan 
shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‘urta hodisasi) yuz 
berganda ushbu shaxslarga sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovonini 
(sug‘urta pulini) to‘lash yo‘li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish 
tushuniladi. 
Sug‘urta faoliyati deganda sug‘urta bozori professional ishtirokchilarining 
sug‘urtani amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyati tushuniladi. 
4-modda. Sug‘urta sohalari va turlari (klasslari) 
Sug‘urta quyidagi sohalarga bo‘linadi: 
hayotni sug‘urta qilish (jismoniy shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, mehnat 
qobiliyati va pul ta’minoti bilan bog‘liq manfaatlarini sug‘urta qilish, bunda 
shartnoma bo‘yicha sug‘urtaning eng kam muddati bir yilni tashkil etadi hamda 
sug‘urta pullarining sug‘urta shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan oshirilgan foizni o‘z 
ichiga oluvchi bir martalik yoki davriy to‘lovlarini (annuitetlarni) qamrab oladi); 


158 
umumiy sug‘urta (shaxsiy, mulkiy sug‘urta, javobgarlikni sug‘urta qilish 
hamda hayotni sug‘urta qilish sohasiga taalluqli bo‘lmagan boshqa sug‘urta 
turlari). 
Sug‘urta tavakkalchiliklari yoki ular guruhlarining va ular bilan bog‘liq 
majburiyatlarning umumiy xususiyatlariga muvofiq sug‘urta sohalari sug‘urta 
turlariga (klasslariga) bo‘linadi. Sug‘urta turlari (klasslari) O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling