O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


Download 2.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/132
Sana23.11.2023
Hajmi2.42 Mb.
#1795363
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   132
Shomaj - sug‘urta hodisasi ro‘y berishi natijasida ishlab chiqarishni to‘xtab 
qolishi bilan bog‘liq foyda olmaslik riskini sug‘urtasi. 
Ekssedent riski - mazkur toifadagi risk bo‘yicha zararni qayta sug‘urtalash 
to‘g‘risidagi kelishuv. 
Ekssedent zarari - noproporsionl qayta sug‘urtalash shakli. Bunda tsedentga 
o‘z zimmasida ushlab qolingan zarardan oshgan qismi qayta sug‘urtalovchi 
kompaniya tomonidan qoplanadi. 
O‘zaro sug‘urtalash jamiyati - foyda olishni ko‘zlamaydigan notijorat 
shaklidagi sug‘urta kompaniyasi. Sug‘urta qilishning tashkiliy shakli. O‘zlarining 
mulkiy manfaatlarini sug‘urtaviy himoyalash uchun yuridik va jismoniy 


156 
shaxslarning ixtiyoriy bitim asosida birlashuvi. O‘zaro sug‘urtalash jamiyati 
yuridik shaxs hisoblanib, har bir sug‘urtalanuvchi ushbu jamiyatning a’zosi 
bo‘ladi. AQSh va Yaponiyada asosan, hayot sug‘urtasi bilan shug‘ullanuvchi 
kompaniyalar o‘zaro sug‘urtalash jamiyati shaklidadir. Hozirgi paytda Yaponiyada 
o‘zaro sug‘urtalash jamiyatlari hayotni sug‘urtalash bozorining 89,4%ni tashkil 
etadi. 
Shaxsiy sug‘urta - sug‘urta ob’ekti sifatida fuqarolarning hayoti, sog‘ligi va 
mehnat qobiliyatini saqlash bilan bog‘liq manfaatlar majmuasi shaklidagi sug‘urta 
tarmog‘i. Shaxsiy sug‘urta hayot sug‘urtasiga va baxtsiz hodisalardan sug‘urtaga 
va tibbiy sug‘urtaga bo‘linadi. U riskli va jamg‘arma funksiyalariga ega. Chet el 
tajribasida shaxsiy sug‘urta to‘rtta sug‘urta klassidan iborat bo‘lib, inson 
hayotidagi ro‘y berish mumkin bo‘lgan hodisalar (tug‘ilish, o‘lim, voyaga yetish, 
nikohdan o‘tish, ma’lum bir yoshgacha yashash) ehtimolligi bilan bog‘liq barcha 
sug‘urta turlarini o‘z ichiga oladi. Keng ma’noda shaxsiy sug‘urta-bu uzoq 
muddatli hayot sug‘urtasi, aralash sug‘urta va annuitetlardir. 
Yashil karta - avtotransport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini 
majburiy sug‘urtalash to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalar tizimi. Mazkur sug‘urta 
turi bo‘yicha shartnoma tuzilganlik faktini tasdiqlovchi polis. 1949 yilda 
Yevropaning 13ta davlati o‘rtasida yashil karta to‘g‘risida shartnoma tuzilgan. 
Hozirgi paytda yashil kartaga a’zo mamlakatlar 30 dan ziyodni tashkil etadi. 
Yashil kartaga a’zo bo‘lgan mamlakatlarda tegishli milliy byurolar tashkil etilgan 
va u mazkur davlat hududida yashil karta bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtirib 
turadi. O‘z navbatida milliy byurolar yashil karta xalqaro byurosiga birlashgan. 
Qarorgohi Londonda joylashgan. 

Download 2.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling