O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti
-modda. Sug‘urta faoliyati sub’ektlari
Download 2.42 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-modda. Sug‘urtalovchi
5-modda. Sug‘urta faoliyati sub’ektlari
Sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari sug‘urta faoliyatining sub’ektlari hisoblanadi. Sug‘urtalovchilar, sug‘urta vositachilari, adjasterlar, aktuariylar, sug‘urta syurveyerlari, shuningdek assistans sug‘urta bozorining professional ishtirokchilaridir. Sug‘urta brokeri, qayta sug‘urta brokeri va sug‘urta agenti sug‘urta vositachilari hisoblanadilar. 6-modda. Sug‘urtalovchi Tegishli turdagi sug‘urtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan va sug‘urta shartnomasiga muvofiq sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs sug‘urtalovchi deb e’tirof etiladi. Sug‘urtalovchilar sug‘urtani amalga oshirishga bevosita bog‘liq bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin emas, ushbu Qonunning 6 1 - moddasida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno. 6 1 -modda. Sug‘urtalovchining huquq va majburiyatlari Sug‘urtalovchi quyidagi huquqlarga ega: qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomalari tuzish; o‘z majburiyatlarini belgilangan tartibda qayta sug‘urta qilish, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida qayta sug‘urta qilish; 159 maxsus vakolatli davlat organi belgilaydigan tartibda va shartlarda investitsiya faoliyatini amalga oshirish; qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya vositachisi sifatida professional faoliyatni amalga oshirish. Bunda mazkur faoliyat turini amalga oshirish uchun sug‘urtalovchining litsenziya olishi talab qilinmaydi; sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) sohasidagi mutaxassislar malakasini oshirish bilan bog‘liq faoliyatni, shuningdek sug‘urta agenti sifatida sug‘urta vositachiligini amalga oshirish; sug‘urta hodisalari yuz berishining oldini olish va ogohlantirish chora- tadbirlarini qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda moliyalashtirish; sug‘urtalovchi tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urta turlariga doir qoidalarni (shartlarni) qonun hujjatlariga muvofiq belgilash; sug‘urta hodisasi ro‘y berishining sabablari va holatlarini, shuningdek sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) miqdorini belgilash uchun zarur bo‘lgan tegishli axborot va hujjatlarni huquqni muhofaza qiluvchi organlardan, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish; sug‘urta agentlari, sug‘urta va qayta sug‘urta brokerlari, sug‘urta bozorining boshqa professional ishtirokchilari bilan tegishli shartnomalar tuzish; sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lashni qonun hujjatlarida va (yoki) sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida belgilangan hollarda hamda tartibda rad etish, sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasini muddatidan ilgari bekor qilish; sug‘urta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan axborotni tekshirishni, sug‘urta qildiruvchining sug‘urta shartnomasi talablari va shartlarini bajarishi ustidan nazoratni sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshirish; chet el sug‘urtalovchilariga syurveyer va adjaster xizmatlari ko‘rsatish; 160 ilgari sug‘urtalovchi tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olingan yoki sug‘urta shartnomasini amalga oshirish natijasida uning ixtiyoriga o‘tgan mol-mulkni realizatsiya qilish yoki ijaraga berish; O‘zbekiston Respublikasining reyting tashkilotlari va chet el reyting tashkilotlari reytinglarini olish; o‘zining alohida bo‘linmalarini tashkil etish. Sug‘urtalovchi qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Sug‘urtalovchi: sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi; sug‘urta faoliyatini amalga oshirish chog‘ida olingan axborotning maxfiyligini qonun hujjatlari talablariga muvofiq ta’minlashi; o‘zi vakolat bergan sug‘urta agentlarining reyestrini yuritishi; qonun hujjatlarida belgilangan axborotni maxsus vakolatli davlat organining talabiga binoan taqdim etishi; sug‘urta hodisasi yuz bergan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki sug‘urta (qayta sug‘urta qilish) shartnomasida nazarda tutilgan muddatlarda barcha zarur hisob-kitoblarni amalga oshirishi va sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lashi; firmaning nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan yeri o‘zgargan taqdirda, bu haqdagi axborotni sug‘urta qildiruvchilarga ushbu Qonunda belgilangan tartibda yetkazishi; sug‘urta zaxiralarini qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda va shartlarda shakllantirishi hamda joylashtirishi; qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi; maxsus vakolatli davlat organi belgilagan tartibda bir yilda kamida bir marta aktuar tashkilotni aktuar xizmatlar ko‘rsatish uchun jalb etishi; maxsus vakolatli davlat organi belgilagan shaklda, tartibda va muddatlarda yillik moliyaviy hisobotni e’lon qilishi; 161 qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy, statistika, soliq hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzishi shart. Sug‘urtalovchining zimmasida qonun hujjatlariga va o‘zi tuzgan shartnomalarga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Download 2.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling