Mavzu: Sug'urta atamalari definitsiyasi va ularning guruhlanishi


Download 79.3 Kb.
bet1/13
Sana20.12.2022
Hajmi79.3 Kb.
#1035572
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Baxrom sugurta


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



SUG’URTA” FANIDAN MUSTAQIL ISH




Mavzu: Sug'urta atamalari definitsiyasi va ularning guruhlanishi
Bajardi: I-52-2 guruh talabasi
Kasimov Baxrom
Tekshirdi: __________________

TOSHKENT-2022


Reja:
1. Sug’urta fondini tashkil etish bilan bog’liq atamalar.


2. Sug’urta fondidan foydalanish bilan bog’liq atama va tushunchalar.
3. Xalqaro sug’urta amaliyotida ishlatiladigan atama va tushunchalar.


1. Sug‘urta fondini tashkil etish bilan bog'liq atamalar

Sug‘urta fondini shakllanishi bilan bog'liq atama va tushunchalarga quyidagilami kiritish mumkin: Sug'urta munosabatlarida quyidagi tomonlar qatnashadilar: Sug'urtani tasniflash (klassifikatsiyalash) - I) sug'urta turlarini ierarxiya ko'rinishida tarmoqlarga, tarmoqchalarga va turlarga bo'linishi. Bunda har bir keyingi bo'g'in oldingi bo'g'inning bir qismi shaklida ifodalanadi. Sug'urta obyckti sug'urtaning toifasi, sug'urta javobgarligining hajmi va sug'urta qismining shakli sug'urtani turkumlashning asosiy mezoni bo'lib hisoblanadi. 2) xorij amaliyotida sug'urta turlarini tartiblashtirilgan tizimi. Hozirgi vaqtda Yevropa Ittifoqi davlatlarida sug'urtaning yagona klassifikatsiyasi ishlab chiqilgan va hayotgajoriy etilgan.


Sug’urtalovchi – sug’urta xizmatlarini ko’rsatishga ixtisoslashgan va tegishli litsenziyaga ega bo’lgan yuridik shaxslar. Tadbirkorlik faoliyatining muhim bo’g’ini. O’zbekiston Respublikasining "Sug’urta faoliyati to’g’risida"gi Qonuniga ko’ra, sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta tovoni (sug’urta puli) to’lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi yuridik shaxs sug’urtalovchi deb hisoblanadi.
Sug’urtalovchilar turli mulk shakliga ega bo’lishi mumkin (davlat sug’urta tashkilotlari, aktsionerlik sug’urta tashkilotlari hamda o’zaro sug’urtalash jamiyatlari). Sug’urta faoliyatini olib boruvchi tashkilotlar maxsus davlat organining tegishli litsenziyasiga ega bo’lishi zarur.

Download 79.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling