Mavzu: Sug'urta atamalari definitsiyasi va ularning guruhlanishi
Download 79.3 Kb.
|
Baxrom sugurta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Scdent
- Ekssedent zarari
Offshor sug'urta kompaniyasi - maxsus maqomga ega bo'lgan sug'urta kompaniyasi. Offshor sug'urta kompaniyalari soliq to'lash stavkalari eng kam bo'lgan offshor zonalarda (Bermud oroli, Gemsi, Men va Keymanov orollari) tashkil etiladi. Offshor zonalarda amalga oshiriladigan sug'urta operatsiyalari sug'urta kompaniyasini tashkil etishda qatnashgan ta'sischilar joylashgan davlati organlari tomonidan nazorat etilmaydi.
Slip - riskni xarakterlovchi hujjat. Slip sug'urta brokeri tomonidan tuziladi va anderrayterga beriladi. Slipda sug'urta kompaniyasining riskni sug'urtalashdagi hissasi ko'rsatiladi. Angliyada slip sug'urta polisiga tenglashtiriladi. Ayrim holatlarda slip sug'urta qoplamasini to'lashda asosiy hujjat hisoblanadi. Syurveyer - sug'urtaga tortiladigan mol-mulkni ko'rikdan o'tkazuvchi sug'urta kompaniyasining xodimi. Sug'urta kompaniyasi syurveyeming xulosasi asosida sug'urta shartnomasini tuzish to'g'risida qaror qabul qiladi. CHet el amaliyotida yong'in havfsizligini ta’minlovchi ixtisoslashgan firmalar, mehnat muhofazasi bo'yicha tashkilotlar syurv'eyer funksiyasini bajaradi. Franshiza - sug'urta shartnomasi shartlarida ko'zda tutiladigan sug'urtalovchining zarami qoplashdan ozod etiladigan qismi. Franshiza sug'urta summasiga nisbatan foizlarda belgilanadigan shartli va shartsiz franshizalarga bo'linadi. Shartli franshizada sug'urtalovchi belgilangan franshiza summasidan oshmaydigan zarami qoplash javobgarligidan ozod etiladi. Bu holda, agar ko'rilgan zarar miqdori franshiza summasi miqdoridan oshib ketsa, sug'urta kompanivasi zarami to'liq qoplaydi. Shartsiz franshizada ko'rilgan zarar franshiza summasidan chegirilib qoplanadi. Fraxt - dengiz yoki havo yo'llari orqali yukni tashishda toianadigan haq. Ushbu haq tarifyoki yukni tashish to'g'risidagi shartnoma bo'yicha o'zaro kelishilgan narx asosida toianadi. Dengiz sug'urtasida yuklami tashishda fraxt polisi yoziladi va fraxt qiluvchiga beriladi. Fronting — qabul qilib olingan riskni tegishli komissiya haqi evaziga to'laligicha boshqa sug'urta yoki qayta qayta sug'urtalovchi kompanivalariga berish. Frontlashtiruvchi konipaniya - boshqa sug'urta kompanivasining iltimosiga ko'ra, o‘z nomidan sug'urta polisi beruvchi sug'urta kompanivasi. Frontlashtiruvchi sug'urta kompanivasi qabul qilib olingan riskni yuz foiz ntiqdorida iltimos qilgan sug'urta kompanivasi hisobiga o'tkazadi va buning uchun undan komission haq oladi. I lozirgi paytda, O'zbekistonda bir nechta frontlashtiruvchi kompaniyalar faoliyat ko'rsatmoqda. Scdent — riskni ikkilamchi jovlashtirishni amalga oshiruvchi. va'ni riskni qayta sug‘urtalash uchun beruvchi sug'urta kompaniyasi. Ikkilamchi sedent retrotsedent deb ataladi. Sessiya — 1) sug'urta riskini qayta sug'urtalashga berish jarayoni. Sedent va qayta sug'urtalovchi o'rtasidan huquqiy niunosabatlarda ishlatiladi. 2) Xorij amaliyotida sedentning olingan sug'urta mukofoti ma'nosini bildiradi. Ekssedent zarari - noproporsionl qayta sug'urtalash shakli. Bunda sedentga o'z zimmasida ushlab qolingan zarardan oshgan qisnti qayta sug'urtalovchi kompaniya tomonidan qoplanadi. Ekssedent riski - mazkur toifadagi risk bo'yicha zarami qayta sug'urtalash to'g'risidagi kelishuv. Download 79.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling