Mavzu: Sug'urta atamalari definitsiyasi va ularning guruhlanishi
Download 79.3 Kb.
|
Baxrom sugurta
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sugurta shartnomasi
- Zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni sugurta qilish
- Sugurta zaxiralari
- Zaxira fondi
- Naf oluvchi
Sug'urta obyekti - shaxsiy sug'urtada fuqarolaming hayoti, sog'ligi, mchnat qobilivati bilan bog'liq manfaati; mulkiy sug'urtada binolar, qurilmalar, transport vositalari uy-joy mulki, tashiladigan vuklar va boshqa moddiy boyliklarni saqiashga bo'lgan yuridik va jismoniy shaxslaming manfaati; jismoniy yoki yuridik shaxsning o'z xatti-harakati bilan uning shaxsga zarar keltirish fuqarolik mas’uliyati - mas’uliyatni sug'urtalashda sug'urta obyektlari bo'lib hisoblanadi. Riskni baholash maqsadida sug'urta obyekti sug'urta kompaniyasining mutaxassislari tomonidan ekspertiza qilinishi mumkin.
Sug'urta shartnomasi - ikki yoki undan ortiq tomonlar o'rtasida tuziladigan yozma ravishdagi bitim bo'lib, bunda sug'urta kompaniyasi sug'urta hodisasi tufavli zarar ko'rilganda sug'urtalanuvchiga sug'urta qoplamasi yoki sug'urta summasini to'lash majburiyatini, sug'urtalanuvchi esa belgilangan muddatlarda sug'urta mukofotini to'lash majburiyatini oladi. Sug'urta shartnomasi tuzilganlik faktini tasdiqlash uchun sug'urtalovchi sug'urtalanuvchiga sug'urta polisi beradi. Sug'urta shartnomasini tuzishdagi asosiy, oddiy va qo'shimcha shartlar sug'urta shartnomasining mazmunini tashkil etadi. Zarar yetkazganlik uchun javobgarlikni sug'urta qilish - boshqa shaxslaming hayoti, sog'lig'i yoki mol-mulkiga zarar yetkazilishi oqibatida vuzaga keladigan majburiyatlar yuzasidan javobgarlik xavfini sug'urta qilish shartnomasi bo'yicha sug'urta qildiruvchining o'zining yoki bunday javobgarlik yuklanishi mumkin bo'lgan boshqa shaxsning javobgarlik xavfi sug'urtasi. Sug'urta zaxiralari - sug'urta summalarini toiashni kafolatlash maqsadida sug'urta kompaniyalari tashkil etgan fondlar. Agar, ma’lum bir vaqtda sug'urta qoplamalarini to'lash uchun joriy sug'urta mukofotlari yetmasa, sug'urta kompanivasi zaxira fondlaridan foydalanishi mumkin. Sug'urta zaxiralariga quyidagilar kiradi: hayotni sug'urtasi bo'yicha zaxira fondlari. ro'y bergan. ammo arz qilmagan zararlami qoplash zaxiralari va boshqalar. Ushbu zaxira fondlarining mablag'lari vaqtincha bo'sh bo'lgani uchun investitsiya maqsadlarida foydalanilishi mumkin. Buning natijasida sug'urta kompaniyasi qo'shimcha daromad oladi. Zaxira fondi - joriy yilda kelib tushgan sug'urta mukofotlari hisobidan sug’urta qoplamasini to'lash imkoniyati bo'lmaganda, ushbu sug'urta qoplamasini to'lash uchun foydalaniladigan pul mablag'lari fondi. Ma'lumki, sug'urta hodisalari tufavli ko'rilgan yo'qotishlar va zararlar miqdori har vili har-xil bo'ladi. Ayrim yillari sug'urta hodisalari kam, boshqa vili esa ko'proq bo'lishi mumkin. Agar sug'urta hodisalari soni ko'p bo'lib, ko'rilgan zarar miqdori joriy yilda kelib tushgan sug'urta mukofotlaridan bir necha rnarta ko'p bo'Isa. ulaming farqi zaxira fondi hisobidan qoplanadi. Naf oluvchi — sug'urta shartnomasida sug'urtalangan shaxsning yozrna ravishdagi roziligi bilan sug'urta tovonini oluvchi sifatida ko'rsatilgan jismoniy yoki yuridik shaxs. Download 79.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling