Kargo - transport vositasida tashiladigan va sug'urtalanishi mumkin bo'lgan yukning nomlanishi.
Kasko - transport vositasining borti. Kasko sug'urtasi transport vositasini nobud bo'lishi yoki shikastlanishini o'z ichiga oladi.
Kaf — tashqi savdo shartnomasi bo'yicha yuklami belgilangan portgacha (joygacha) vetkazib berish sharti. Bunda tashilayotgan tovaming qiymatiga dengiz +transportida tashish bilan bog'liq xarajatlar kiritiladi. Ushbu shart bo'yicha tovarlami sug‘urta qilish tovar yetkazib beruvchining (sotuvchi) majburiyatiga kinnaydi.
Kvota - 1) bir necha sug'urta kompaniyasi tomonidan birgalikda tegishli obvekt sug'urtalanavotganda, bitta sug‘urta kompaniyasiga to'g'ri kcladigan hissa. Bunday holatda har bir sug‘urta kompaniyasiga tegishli kvota vagona sug'urta polisida o'z aksini topadi; 2) qayta sug'urtalash kompaniyasini qayta sug'urtalashda qatnashish hissasi.
Kvotali qayta sug'urtalash - sug'urta kompaniyasi qayta sug'urtalovchi kompaniya bilan kelishgan holda unga risklami bir qismini beradi. Bu operatsiya kvota sharmornasi orqali rasmiylashtiriladi. Qayta sug'uitalovchi kompaniyaga sug'urta mukofotini tegishli qismi beriladi va qayta sug'urtalovchi kompaniya proporsional ravishda ko'rilgan zarami qoplashda ishtirok etadi.
Keptiv sug'urta kompaniyasi — ta'sischilaming manfaatlarini sug'urta himoyasiga oladigan yoki yirik konsem, korporatsiyalar, yirik sanoat-moliya guruhlari tarkibiga kiruvchi sug'urta kompaniyasi. Raqobatdagi boshqa sug'urta kompaniyalarini keptiv sug'urta kompaniyasi mavjud bo'lgan tarmoqqa kirishi murakkabroq hisoblanadi.
Lloyd — 1) Angliyadagi xalqaro sug'urta bozori; Angliyadagi sug'urtalovchilaming korporatsiyasi. taxminan 1734 yilda tashkil etilgan. Hozirgi paytda Lloydga 22000 dan ortiq a’zo bor. Lining faoliyati Angliya parlamenti qabul qilgan maxsus qonun bilan tartibga solinadi. Lloyd sug'urtani barcha turlarini amalga oshiradi. Lloyd a'zolari 279 sindikatga birlashgan bo'lib, sindikat faoliyati uchun anderravterlar javob beradi. Anderrayterlar bilan sug'urtalanuvchilami sug'urta vositachilari birlashtiradi. Sug'urta vositachilari Lloyd bozorida risklami joylashtiradi. Anderrayterlar sug'urta shartnomasi bo'yicha javob berish uchun yirik miqdordagi pul mablagiarini korporatsivaga depozit sifatida qo'yadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |