Mavzu: Sug'urta atamalari definitsiyasi va ularning guruhlanishi


Download 79.3 Kb.
bet10/13
Sana20.12.2022
Hajmi79.3 Kb.
#1035572
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Baxrom sugurta

Avariya sertifikati - mol-mulk sug'urta hodisasi tufayli zararlanganda, ko'rilgan zaraming miqdori va xarakterini tasdiqlovchi hujjat. Avariya sertifikati avariya komissari (adjaster) tomonidan tuziladi va tegishli vositachilik haqi hisobiga sug'urtalanuvchiga taqdim etiladi. Avariya sertifikati sug'urtalanuvchining sug'urta qoplamasini olish to'g'risidagi arizasiga ilova etiladi va qoplamani to'lashda sug'urta kompaniyasiga asos bo'lib xizmat qiladi.
Adjaster - sug'urta hodisasi ro'y berishi munosabati bilan sug'urtalanuvchi tomonidan bildirilgan e'tirozni tartibga solishda sug'urta kompaniyasining manfaatlarini himoya etuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. U sug'urtalanuvchi bilan unga to'lanadigan sug'urta qoplamasi miqdorini kelishishga harakat qiladi. Adjaster sug'urta hodisasini ro'y berish sabablarini o'rganadi va tahlil etadi. Ushbu tahlil natijalari bo'yicha sug'urta kompaniyasiga ekspert xulosasini tuzadi hamda avariya komissari funktsiyasini bajaradi. Adjaster vazifasini sug'urta kompaniyasining tarkibiy bo'limi yoki ixtisoslashgan tashkilot amalga oshirishi mumkin.
Aktuariy - lotin tilidan tarjima qilganda hisobchi degan ma'noni bildiradi. Aktuar hisob-kitoblar nazariyasini o'zlashtirib olgan sug'urta matematikasi sohasidagi mutaxassis. U sug'urta tariflarini hisoblash va metodologiyasini ishlab chiqish, uzoq muddatli sug'urta turlari bo'yicha sug'urta zaxiralarini shakllantirish bilan bog'liq hisob-kitoblami amalga oshirish bilan shug'ullanadi. Hozirgi paytda Angliyada aktuariylar instituti faoliyat ko'rsatmoqda. Aktuariylarning xalqaro uyushmasi mavjud.
Aktuar hisob-kitoblar - sug'urta tariff stavkalarini hisoblashning iqtisodiy- matematik usullari yig'indisi. Ushbu hisob-kitoblar katta sonlar qonuniga asoslanadi. Aktuar hisob-kitoblaming metodologiyasi, ehtimollar nazariyasi, demografiya qonuniyatlariga asoslanadi, tarif stavkasini miqdori sug'urta hodisalari ro'y berishining ehtimoliyligiga bog'liq.
Demografiya ma’lumotlaridan fuqarolaming hayotini sug'urtalashda sug'urtalanuvchilaming yoshiga mos ravishda sug'urta tarifi stavkasini tabaqalashtirishda foydalaniladi. Uzoq muddatli hayotni sug'urtasi bo'yicha sug'urta summalari sug'urtalangan shaxs vafot etganda yoki u ma’lum bir yoshga yetganda to'lanadi. Yetarli miqdordagi sug'urta fondini shakllantirish uchun, sug'urtalovchi shartnoma amalda bo'lgan davrda qancha shaxs vafot etishi yoki ma’lum bir yoshga etishi ehtimolivligini bilishi zarur. Aholi o'limi darajasi haqidagi statistik ma'lumot asosida turli yoshga yetishi ehtimolligini hisoblash hamda fuqarolaming o'limi to'g'risidagi jadvalni tuzish mumkin. Bu jadval asosida nafaqani va hayotni sug'urtalash bo'yicha tarif stavkalami hisoblab chiqish mumkin bo'ladi.
Anderrayter - 1) turli risklami sug'urtalasb vakolatiga ega. sug'urta kompaniyasi tomonidan tayinlanadigan shaxs. U sug'urta kompanivasini sug'urta portfeli shakllanishi uchun javob beradi. Sug'urta shartnomalarini tuzish. risklami baholash va sug'urta tarifi stavkasini belgilash yuzasidan tegishli malakaga ega bo'lishi zarur; 2) Lloyd sug'urta polislarini beradigan Lloyd sug'urta korporatsiyasining a’zosi; 3) potensial mijozlarga sug'urta polisini sotish bilan shug'ullanadigan yoki manfaatdor tomonlarga sug'urta sohasi bo'yicha yuqori darajada maslahat xizmatlami ko'rsatadigan jismoniy yoki yuridik shaxs.

Download 79.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling